Jahon | 10:09 / 19.12.2021
25398
6 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi halokatli tornado: oqibatlari qanchalik dahshatli?

11 dekabr kuni AQSh tarixidagi eng kuchli tornadolardan biri yuz berdi. Gap bitta emas, bir vaqtning o‘zida yuz bergan bir nechta dovul haqida ketmoqda. Meteorologlarning fikricha, ular o‘ttizga yaqin bo‘lgan.

AQShning Kentukki shtati eng ko‘p zarar ko‘rdi, biroq tabiiy ofat Missuri, Arkanzas, Illinoys va Tennessi shtatlariga ham ta’sir ko‘rsatdi.

Tornado natijasida ko‘plab binolar vayron bo‘ldi, ulardan deyarli hech narsa qolmadi. Yuzlab odamlar halok bo‘lgan deya hisoblanmoqda, yana shuncha odam dom-daraksiz yo‘qolgan. Bu borada aniq ma’lumotlar hali ham yo‘q. Biroq Kentukkida 2 oylikdan 98 yoshgacha bo‘lgan 74 nafar odam halok bo‘lgani xabar qilindi. AQShda tornadoning yuzaga kelishi sabablari va u qanday zarar keltirdi: ana shu jihatlarga oydinlik kiritamiz.

2021 yil oxirida AQSh tornadodan katta zarar ko‘rdi

Tornado nima?

Tornado — mezo dovullar bilan bir xil. Momaqaldiroqli bulutda hosil bo‘lib, asta-sekin pastga tushadigan atmosfera girdobi tornado deb ataladi. Ularning yuzaga kelish sabablari hali ham aniq emas. Chunki halokatli tabiiy ofatni o‘rganish juda murakkab. Biroq tornado paydo bo‘lish sabablarining taxminiy tavsifi mavjud.

Tornadoning rangi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘ladi: masalan, agar quyosh orqada bo‘lsa, tornado to‘q rangda va dahshatli ko‘rinadi.

Tornadolar qanday paydo bo‘ladi?

Tornado sovuq va iliq havo to‘qnashuvi natijasida yuzaga keladi, deya hisoblanadi. Maktab dasturidan ko‘pchilikka ma’lumki, iliq havoning zichligi sovuq havo zichligiga qaraganda kamroq. Shuning uchun havoning iliq oqimlari tepaga ko‘tariladi, sovuq oqim esa pastga tushadi. Ana shu hodisalar natijasida havo aylana bo‘ylab harakatlana boshlaydi. Ammo olimlar bu nima uchun sodir bo‘lishini bilishmaydi.

Tornadoning o‘ziga xosligi

Tornado diametri bir necha o‘ndan bir necha yuzgacha metrni tashkil etadi. Tornadodagi havo siklondagidek harakatlanadi: Shimoliy yarim sharda soat millariga qarshi, Janubiy yarim sharda esa – soat millari bo‘ylab. Tornadolar bir necha daqiqadan bir necha soatgacha mavjud bo‘lib, soatiga qariyb 60 kilometrgacha tezlikda harakatlanadi. Energiya tugagach, tornadoning pastki qismi uni yuzaga keltirgan bulut bilan birlashadi.

Ayrim hollarda tornado diametri ulkan bo‘ladi

Tornadolar bir necha jiddiy muammolar yuzaga kelishi sababi hisoblanadi:

  • aylana bo‘ylab harakatlanayotgan havo bino, mashina va hatto odamlarni balandlikka ko‘taradi va bir chekkaga uloqtirib yuboradi;
  • tornado tomonidan egallangan obektlar ko‘pincha boshqa bino va odamlarning ustiga tushadi. Bu ham jiddiy xavflardan biri hisoblanadi;
  • ayrim uylar bosim pasayishi tufayli tom ma’noda ichkaridan portlaydi;
  • shamol elektr simlarini uzib, odamlarni yorug‘lik va issiqliksiz qoldiradi;
  • vayronagarchilik yong‘inlarga sabab bo‘ladi.
Kuchli tornadodan keyin mashinalar metall uyumiga aylanadi

AQShdagi halokatli tornado

Yaqinda AQShning ayrim shtatlari yuqorida aytib o‘tilgan dahshatli jihatlarni boshdan kechirdi. Gismeteo ma’lumotlariga ko‘ra, har yili AQSh hududida 1500taga yaqin tornado sodir bo‘ladi, biroq ular odatda mart oyidan iyun oyigacha bo‘lgan davrda qayd etiladi. Tornadoning 1-2 foizi dekabr oyiga to‘g‘ri keladi: odatda ular kuchsiz girdoblardir. 2021 yilda tasavvur qilib bo‘lmas narsa yuzaga keldi: tadqiqotchilar 30taga yaqin tornadoni hisoblashdi, bundan tashqari, ular dahshatli vayronagarchilik va yuzlab odamlar o‘limini ham keltirib chiqardi.

Tornado qayd etilgan joylar qizil nuqtalar bilan ko‘rsatilgan

AQShda eng ko‘p zarar ko‘rgan shtat – Kentukki bo‘ldi, u yerdagi qurbonlar soni o‘nlab kishilarni tashkil etdi. Meyfild shahridagi sham zavodida ayniqsa ko‘p odam halok bo‘ldi. Shamol tomni uchirib yuborgan vaqtda bino ichida qariyb 100 kishi bo‘lgan. Xavf tomning o‘zidangina kelib chiqmadi. Binoda og‘ir avtomobillar va hatto zaharli kimyoviy moddalar bo‘lgan, ular odamlarning ustiga tushdi. Avvaliga odamlarga hech kim yordamga kela olmaganini anglash yanada dahshatli: politsiya bo‘limi ham qulab tushdi, yong‘in o‘chiruvchilar jihozlari esa ishdan chiqdi. O‘n minglab omon qolgan aholi yorug‘lik va suvsiz qoldi. Shuning uchun yaqin vaqt ichida shtatda tiklash ishlari olib boriladi.

Tornadodan keyingi Kentukki shtati
Ko‘plab uylar tomlari uchib ketdi, aynan shu sababli odamlar halok bo‘ldi 

AQShning boshqa ko‘plab shtatlari ham zarar ko‘rdi. Masalan, Illinoysda 14 kishi halok bo‘ldi. Ularning ayrimlari tomi qulab tushgan Amazon ombori ishchilari bo‘lgan. Arkanzas shtatida ikki, Tennesida esa uch kishi tornado qurboni bo‘ldi. Kentukki shtati gubernatorining xabar berishicha, hozirda ko‘p joylarda ustunlar singan, ulkan yuk mashinalari ag‘darilgan va uylar vayron bo‘lgan. Ularning ichida odamlar bo‘lgani aniq. Shuning uchun qurbonlar yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin.

Kentukkida tornado harakatlanish yo‘li

Hi-news saytidan olindi.

Mavzuga oid