Jahon | 09:25 / 02.05.2025
2260
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh Ukrainadagi muvaqqat ishlar vakilini tayinladi

Juli S. Devis AQShning Ukrainadagi muvaqqat ishlar vakili sifatidagi o‘z vazifalarini 5 may kuni boshlaydi, deb xabar berdi elchixona.

Foto: Sputnik/dpa/picture alliance

Juli S. Devis (Fisher) 5 may kuni AQShning Ukrainadagi muvaqqat vakili sifatida o‘z vazifalarini bajarishga kirishadi. Bu haqda 1 may, payshanba kuni AQShning Ukrainadagi elchixonasi xabar berdi.

Devis AQSh prezidenti Donald Tramp va AQSh davlat kotibi Marko Rubio nomidan diplomatik missiyaning «Ukraina hukumati va xalqi bilan» aloqalarini boshqaradi.

«U bu maqomda urush va qon to‘kilishini tugatish, ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash, Amerika va Ukrainani xavfsizroq, kuchliroq va farovonroq qilish uchun tinimsiz mehnat qiladi», — deya qo‘shimcha qilgan elchixona.

Devis, shuningdek, AQShning Kiprdagi elchisi lavozimini saqlab qoladi, deb xabar berdi AFP. Ilgari u Vashingtonning Belarusdagi elchisi/maxsus vakili lavozimini egallagan. Bungacha Devis AQSh davlat kotibining G‘arbiy Yevropa va Yevropa Ittifoqi masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari va AQShning NATOdagi missiyasining doimiy vakili o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Juli Devis AQSh prezidenti Ukrainaga elchi tayinlamaguncha Kiyevda bu lavozimda ishlaydi.

Mavzuga oid