“15 kun ichida Andijon tibbiyot instituti qoshidagi klinikaning rekonstruksiya loyihasini tayyorlashga va'da berdim” – Shuhrat Abdurahmonov
Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov prezidentning viloyatga tashrifi doirasida sog‘liqni saqlash va ta'lim sohalariga e'tibor qaratish yuzasidan berilgan topshiriqlar haqida gapirdi. Bu haqida Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Viloyat hokimining ma'lum qilishicha, Andijon davlat tibbiyot instituti qoshidagi klinikaga nafaqat vodiy aholisi, qo‘shni respublikalardan ham bemorlar kelib davolanishadi. Bu tibbiyot turizmiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.
“Prezidentimiz viloyatlarda ham Toshkentdagi ixtisoslashtirilgan markazlarning filiallarini ochishni yo‘lga qo‘yish haqida topshiriq berdi. Viloyatlardagi, qishloqlardagi bemorlarning poytaxtga ovora bo‘lmasliklari uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz lozim. Shu maqsadda bugun ushbu klinikani kapital rekonstruksiya va zamonaviy jihozlash uchun qariyb 150 mlrd so‘m atrofida mablag‘ ajratildi.
Prezidentga va'da berdim: 15 kun ichida kapital rekonstruksiya qilish loyihasini tayyorlaymiz”, – dedi Abdurahmonov.
Hokimga ko‘ra, rekonstruksiya uchun ham 100 mlrd so‘m atrofida mablag‘ ketishi mumkin. Davlat rahbari tomonidan davlat ta'limi bilan birga xususiy ta'limni ham rivojlantirish haqida topshiriq berilgan.
“Andijon shahrida tashkil etilgan ta'lim klasterida bola bog‘chadan tortib oliy ta'limni ham davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu maktabimiz til o‘rganishga va axborot texnologiyalari yo‘nalishlariga ixtisoslashtirilgan.
Yurtimizga xorijdan qancha mehmon kelyapti, qancha yurtdoshlarimiz xorijga boryapti. Til bilmaslik mamlakatning obro‘siga ham ta'sir qiladi”, deya xokimning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Shuhrat Abdurahmonov O‘zbekistonda turib Amerikada faoliyat olib borayotgan marhamatlik yoshlar jamoasi haqida gapirib berdi.
“Bitta misol keltiraman, Marhamat tumanida yashaydigan 105 nafar yoshlar shu yerdan turib Amerikada logistika markazi ochib ishlashyapti. Eng kamida 1000 dollar, faolroq ishlayotganlari 10 ming dollargacha oylik olishyapti. Uchinchi renessans poydevorini ta'lim bilan qo‘ysak, kelajakda Andijondan yana Zahiriddin Muhammad Boburlar yetishib chiqadi”, – dedi u.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45
-
Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi
O‘zbekiston | 22:12
Mavzuga oid

11:39 / 11.05.2025
Andijon viloyati hokimligi Shuhrat Abdurahmonov 15 yoshli qizni zo‘rlagani aytilgan xabarga munosabat bildirdi

19:16 / 03.08.2024
3 kunlik dabdaba va kamsitilgan jurnalistlar. Andijondagi festivalga qancha sarflandi?

21:54 / 22.12.2021
“Bu – soliq to‘lovchilarning puli”. Iqtisodchi – hokimlarning “saxiyligi” haqida

20:45 / 02.04.2021