Kun.uz jurnalisti Rahmatillo Isroilov ishlash uchun Kanadaga jo‘nab ketdi
Yana bir oliy ma'lumotli mutaxassis O‘zbekistonni tark etdi. Kun.uz’ning jonkuyar xodimlaridan biri Rahmatillo Isroilov o‘zbekistonlik mehnat muhojirlari sonini yana bittaga ko‘paytirib, Kanadaga immigratsiya maqsadida oilaviy jo‘nab ketdi.

Rahmatillo Isroilov Kun.uz tahririyatida qisqa fursat ichida o‘z fidoyiligi, vatani va vatandoshlarini sevishi, nohaqlikka murosasizligi bilan xalq e'tiborini qozondi. Kun.uz o‘quvchilari orasida ayniqsa «snos» masalalarini ko‘tarib chiqishi bilan tanilgan jurnalist bu boradagi ko‘plab muammoli holatlar yechimiga, xalq va jamiyat uchun manfaatli yakun topishiga sabab bo‘ldi.
Izlanuvchan jurnalist ishlash barobarida o‘qish, shaxsiy rivojlanish, boshqa xalqlar hayoti bilan yaqindan tanishish hamda dunyo kezishni maqsad qilgan.
Kun.uz jamoasi Rahmatillo Isroilovning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari qo‘ygan dadil qadamini qo‘llab-quvvatlagan holda xalqimiz uchun yanada manfaatli inson sifatida rivoj topishiga ishonch bildirib qoladi.
Mavzuga oid

10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi

21:24 / 13.05.2025
“Oval kabinet, Bukinhem saroyi sotilmaydi, Kanada ham” – Kanada bosh vaziri Trampga nimalarni eslatdi?

23:14 / 06.05.2025
«Hech qachon hech qachon demang» - Tramp Kanadaning AQShga qo‘shilishi haqida

18:03 / 06.05.2025