«Hech qachon hech qachon demang» - Tramp Kanadaning AQShga qo‘shilishi haqida
AQSh prezidenti Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan uchrashuv o‘tkazib, unga yana bir bor Kanada Qo‘shma Shtatlarning 51-shtatiga aylanishi mumkinligini aytdi.

Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Kanada bosh vaziri Mark Karni bilan uchrashdi. Amerika prezidenti yana bir bor Kanada AQShning 51-shtatiga aylanishi mumkinligi va voqealarning bunday rivoji «ko‘plab afzalliklar»ni taqdim etishini ta’kidladi.
«Ko‘chmas mulk sohasidan bilasizki, shunday joylar bo‘ladi, hech qachon sotilmaydi», — deydi Mark Karni Trampning bu mavzudagi bayonotiga javoban.
Amerika prezidenti esa «hech qachon hech qachon demaslik kerakligini» qayd etgan. Shu bilan birga, u Kanada bosh vaziri bilan ushbu masalani muhokama qilish niyatida emasligini bildirgan.
Donald Tramp bir necha bor Kanadaga AQShga qo‘shilishni taklif qilgan. Ottavaning Vashington bilan munosabatlariga mas’ul Kanada moliya vaziri Dominik Leblan Amerika yetakchisi «bu hech qachon sodir bo‘lmasligini bilsada, shu orqali odamlar orasida sarosima paydo qilmoqchi» ekanini aytgandi.
Amerika rahbari mart oyida yana bir bor Kanada «AQShning 51-shtatiga aylanishi kerak» degan da’volarini takrorlagan va mamlakatni savdo hamkori sifatida ham tanqid qilgandi. Tramp Kanadaning sobiq bosh vaziri Jastin Tryudo vakillarini tanqid qilib, ularni «jirkanch» deb atagan edi.
Mavzuga oid

22:45 / 25.06.2025
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi

19:52 / 25.06.2025
Zelenskiy Tramp bilan NATO sammitida uchrashdi

15:58 / 25.06.2025
Tramp Eronga berilgan zarbalarni Xirosima va Nagasaki portlashlariga qiyosladi

12:16 / 25.06.2025