Antimonopoliya qo‘mitasi raisi UzAuto bilan sudlashuvni davom ettirish bo‘yicha savolga javob qaytardi
2020 yilda Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi monopolist kompaniya avtomobillarini tashqi bozordagidan 30-40 foizga qimmat sotayotgani, berilgan imtiyoz va preferensiyalardan samarali foydalanmaganini ma'lum qilgach, UzAuto bilan sudlashgan edi. Qo‘mita sudda kompaniyaga yutqazgan.
13 sentabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida qo‘mita raisiga UzAuto bilan sudga oid savol berildi.
“Bir yil oldin Antimonopol qo‘mitasi UzAuto bilan narxlar bo‘yicha sudlashib yutqazgan edi. Qo‘mitangizni zavod obro‘sini tushirishda, populistik e'lonlar berishda ayblashdi. 20 avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashgan prezident Shavkat Mirziyoyev zavod chet eldan ko‘ra O‘zbekistonda mashinalarni (30-40 foiz) qimmatga sotayotganini aytdi. Davlat rahbarining siz bilan hamfikrligidan dalda olib sud ishlarini davom ettirasizmi?” – deya savol berdi jurnalist.
Qo‘mita raisi Shohrux Shorahmedov zavod qo‘mita xohlagan yo‘nalishda ishlayotganini aytdi.
“Bu masalada sud qarori kuchga kirgach, biz bu qarorni ijro etishga majburmiz. Lekin ish to‘xtab qolmadi. Kompaniya tomonidan ham ishlar olib borilmoqda, xususan, kompaniya transformatsiya to‘g‘risida ma'lum qildi. Biz ular bilan aloqadamiz. Hozircha kompaniya biz xohlagan yo‘nalishda ish olib bormoqda. O‘zbekistonda boshqa zavodlar ham ishga tushishi rejalashtirilmoqda, mashinalar importi osonlashtirildi.
Ikki tomonlama ish olib borilmoqda, transformatsiya boshlangan, ikkinchidan, boshqa zavodlar ochilgan. Biz tomondan ham o‘rganishlar olib borilmoqda”, – dedi rais.
Eslatib o‘tamiz, monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasining avvalgi raisi Najmiddinxo‘ja Sharipov 2021 yilning martida lavozimidan ozod etilgan, uning o‘rniga Shohrux Shorahmedov tayinlangandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga borgan migrantlar soni ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 01:53
-
Zelenskiy Ukraina quruqlik qo‘shinlariga yangi qo‘mondon tayinladi
Jahon | 01:06
-
Apple qo‘sh ekranli iPhone chiqaradi: u haqda nimalar ma’lum
Fan-texnika | 00:33
-
Oq uy: Tramp Eronga hujum masalasida ikki haftada bir qarorga keladi
Jahon | 23:35 / 19.06.2025
Mavzuga oid

17:54 / 20.05.2025
Utilizatsiya yig‘imi: bizda 3500 dollar, boshqalarda-chi?

20:40 / 12.05.2025
O‘zbekistonga avtomobil importi 3 barobarga quladi

14:14 / 01.05.2025
Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 barobarga oshdi

10:07 / 03.03.2025