Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish kompleksi tashkil etiladi

Prezidentning «Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishni, logistika va savdo tarmoqlarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Hujjatga muvofiq Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida 15 ga yer maydonida yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, logistika va savdo kompleksi tashkil etiladi. Kompleks qurilishini tashkil etishga «Mikrokreditbank» ATB buyurtmachi etib belgilandi.
Kompleksda barpo etiladigan obektlar:
a) birinchi navbatda Uchko‘prik tumanidagi «Boboshbek», «Bekmurod», «Zig‘ir», «Paloxon» va «Yakkamulla» mahalla fuqarolar yig‘inlarida uy xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan tashabbuskorlarga yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish uchun tanlov orqali sotiladi;
b) tashabbuskorlarga quyidagi shartlar asosida sotiladi:
- logistika markazi, qo‘shimcha maishiy xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkil etish, yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo do‘konlari, ishlab chiqarish sexlarini tashkil etish bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan biznes-reja yoki TIAga ega ekanligi;
- yuqoridagi faoliyatni yuritish uchun zaruriy ko‘nikma, mol-mulk va boshqa vositalarga ega bo‘lish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish.
Kompleks hududidagi ishlab chiqarish sexlari, savdo do‘konlari va boshqa obektlarning sotib olinishi tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, bank krediti yoki lizing asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, Uchko‘prik tumani hokimligi muassisligida MChJ shaklida yengil sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish, logistika va savdo kompleksini boshqarish va obodonlashtirish ofisi tashkil etiladi.
Quyidagilar tasdiqlandi:
- kompleksda savdo do‘konlari, ishlab chiqarish sexlari, kichik savdo rastalari va logistika markazini tashkil etishning prognoz ko‘rsatkichlari;
- kompleksda qurib bitkazilgan obektlarni ajratish bo‘yicha komissiya tarkibi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 27.05.2021 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi
Jahon | 07:41
-
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi
O‘zbekiston | 07:34
-
YuNEYDS: Sharqiy Yevropada OITS bilan bog‘liq o‘limlar ko‘paymoqda
Jahon | 07:31
Mavzuga oid

17:22 / 02.05.2025
Prezident «Urganch klaster»ning yangi korxonalari faoliyati bilan tanishdi

18:11 / 12.12.2024
Mato ishlab chiqarish va bo‘yash korxonalari qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlanadi

09:11 / 25.05.2024
1,2 mlrd so‘mlik ichimlik suvidan noqonuniy foydalangan savdo kompleksi aniqlandi

09:10 / 22.02.2020