Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident «Urganch klaster»ning yangi korxonalari faoliyati bilan tanishdi
Shavkat Mirziyoyev yangi fabrikalarda bo‘lib, ish jarayoni, tayyor mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. Tikuvchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi davomida «Urganch klaster»ning yangi korxonalari faoliyati bilan tanishdi.
Ta’kidlanishicha, klasterning tashkil etilganiga 5 yil bo‘lgan. Bugun u paxta xomashyosini yetishtirishdan tortib tayyor kiyim-kechak tikishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni qamrab olgan yaxlit «zanjir». Uning tizimida 3 ming kishi ish bilan ta’minlangan.
Tadbirkor 8 ming 500 gektar maydonda yetishtirilgan paxtani 100 foiz qayta ishlaydi. Buning uchun paxta tozalash va yog‘ zavodlari bor.
Shu kunlarda klasterning ip-yigiruv hamda mato to‘qish quvvati ortdi. Qo‘shimcha investitsiya evaziga yana ikkita korxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Germaniya, Yaponiya va Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatildi.
Korxonada o‘quv-tajriba markazi tashkil etilgan. Tikuvchi va dizayner-mutaxassislar avval shu yerda o‘qitilib, keyin ishga qo‘yiladi.
Bularning natijasida ishlab chiqarish hajmi sezilarli ortdi. Yiliga 10 ming 800 tonna atrofida ip-kalava va 3 million dona tikuvchilik mahsulotlari tayyorlash quvvati yaratildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi fabrikalarda bo‘lib, ish jarayoni, tayyor mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi. Tikuvchi xotin-qizlar bilan suhbatlashdi. Ularning oylik maoshlari, mehnat sharoitlari bilan qiziqdi.
Bu yerda tayyorlanayotgan yuqori sifatli kiyim-kechaklarning katta qismi eksportga yo‘naltiriladi. Korxonaning yillik eksport salohiyati 28 million dollar atrofida.
Mahsulotlar turi va sifatini ko‘paytirib, eksport ko‘lamini kengaytirish, energiya tejamkorlik orqali mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
G‘azoda boshlangan vaqtinchalik tinchlik rejimi, Yevropa bilan kelishib olgan Tramp va Malayziyadagi muzokaralar – kun dayjesti
Jahon | 13:58
-
Salkam 4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish ombori aniqlandi
Jamiyat | 13:38
-
Rossiyada maktab chatlarini Max davlat messenjeriga o‘tkazish sinovdan o‘tkazilyapti
Jahon | 13:21
-
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi
Ko‘chmas mulk | 13:15
Mavzuga oid

23:35 / 21.07.2025
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi

18:33 / 10.07.2025
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi

16:53 / 09.07.2025
Barcha tashkilot va mahallalardagi asossiz qo‘yilgan taqiqlovchi belgilarni olib tashlash topshirildi

16:33 / 09.07.2025