Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YuNEYDS: Sharqiy Yevropada OITS bilan bog‘liq o‘limlar ko‘paymoqda
Jahon hamjamiyati OIVga qarshi kurashni kuchaytirishi kerak, deydi ekspertlar. 2024 yilda dunyo bo‘ylab 630 000 kishi OITSdan vafot etdi.

Foto: news.un.org
Birlashgan Millatlar Tashkilotining OIV/OITS bo‘yicha qo‘shma dasturi (YuNEYDS, UNAIDS) «OITS, inqiroz va transformatsiya kuchi» deb nomlangan 2025 yilgi OITS bo‘yicha global hisobotni taqdim etdi. Unda aytilishicha, millionlab odamlarning hayotiga tahdid solayotgan xalqaro moliyalash inqirozi sharoitida mamlakatlar OIVga qarshi choralarni zudlik bilan kuchaytirishi kerak.
Hisobot mualliflarining ta’kidlashicha, 2025 yilda moliyalashtirishning qisqarishi va siyosiy qo‘llab-quvvatlashning zaiflashishi sog‘liqni saqlash tizimidagi katta nosozliklarga, tibbiyot xodimlarining ishdan bo‘shatilishiga, OIV profilaktikasi dasturlari to‘xtatilishiga va davolanishni to‘xtatish tahdidiga olib keldi. Agar AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan dasturlar butunlay to‘xtatilsa, YuNEYDS 2025-2029 yillar oralig‘ida 6 million yangi OIV infeksiyasi holati va 4 million qo‘shimcha OITS bilan bog‘liq o‘limni prognoz qiladi. «Bu shunchaki mablag‘ taqchilligi emas, bu vaqt ta’sirida ishlovchi bomba», dedi YuNEYDS ijrochi direktori Vinni Byanima.
OIVning oldini olish dasturlari inqirozga yuz tutmoqda va zaif guruhlar bilan ishlaydigan tashkilotlar «katta darajada moliyalashtirilmayapti». 2024 yilda 630 ming kishi OITSdan vafot etdi, ularning 61 foizi - janubiy Afrikada. Hisobotda aytilishicha, yiliga 210 000 dan ortiq 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan qizlar va yosh ayollar OIV infeksiyasini yuqtirgan — bu kuniga 570 ta yangi holat.
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoda OIV infeksiyasining yangi holatlari soni har yili o‘sishda davom etmoqda. 2024 yilda u yiliga 130 mingga yaqin holatga yetdi, bu 2010 yilga nisbatan 7 foizga ko‘p. Jami, tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, u yerda 2,1 millionga yaqin OIVga ega odam istiqomat qiladi. Garchi butun dunyo bo‘ylab yangi OIV infeksiyasining 7 foizi mintaqa hissasiga to‘g‘ri kelsa-da, YuNEYDS 2030 yilgacha OITS epidemiyasini tugatish maqsadlaridan ortda qolayotganini ta’kidlamoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya armiyasi Xarkiv markaziga zarba berdi
Jahon | 18:52
-
Odessa ramziga aylangan bozor zarba ostida qoldi – fotosuratlar
Jahon | 18:37
-
Sug‘urtada yangi davr: javobgarlik himoyasi ikki baravar oshirildi
Jamiyat | 18:31
-
Ukrainadagi namoyishlar ortidan antikorrupsiya organlariga yana mustaqillik berilishi mumkin
Jahon | 18:28
Mavzuga oid

07:35 / 18.07.2025
Yevropaning uch davlati Ukraina uchun AQSh qurollariga pul to‘lamaydi

13:20 / 11.07.2025
Yevropaning 12 shahrida jazirama harorat tufayli 2,3 ming kishi vafot etdi

14:36 / 10.07.2025
Kansler Mers Germaniyaning NATOda yetakchi bo‘lishini xohlayapti

17:41 / 09.07.2025