Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Mahalla: shahar va qishloq hayoti». O‘zbekiston ilk bor Venetsiya arxitektura biyennalesida qatnashmoqda
O‘zbekiston ilk bor arxitektura va san'at olamida keng ko‘lamli tadbir - XVII Xalqaro me'morchilik biyennalesida ishtirok etadi.

2021 yil 22 maydan 21 noyabrga qadar Venetsiyada arxitektura va san'at olamida keng ko‘lamli tadbir - Xalqaro me'morchilik biyennalesi bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston biyennaleda “Mahalla: shahar va qishloq hayoti” mavzusidagi milliy paviloni bilan qatnashadi. O‘zbekiston mazkur anjumanda Markaziy Osiyodan ishtirok etayotgan birinchi mamlakat bo‘ladi.
Bugun, 20 may kuni O‘zbekiston biyennaleda milliy pavilonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosimda O‘zbekiston nomidan bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston Milliy pavilonining tashkiliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi kengashi raisining o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva, qurilish vaziri Botir Zokirov, O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov ishtirok etadi.
Milliy pavilonimiz biyennalening asosiy joylari — "Arsenal" va "Giardini" chorrahasida, mezbon Italiya paviloni bilan yonma-yon joylashadi.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi ushbu loyihaga Tsyurixdagi Shveytsariya oliy texnik maktabini jalb etdi. Uning professorlari Emanuel Krist va Kristof Gantenbeyn ko‘rgazmaning kuratori sifatida ishtirok etadi.
“Mahalla: shahar va qishloq hayoti” loyihasi mahallalarning O‘zbekiston uchun madaniy va me'moriy ahamiyatini o‘rganadi. Loyiha – bu xalqaro jamoaning hamkorligi natijasi bo‘lib, unda tashkilotchilar global tajriba va mahalliy iste'dodga tayangan. Toshkent shahridagi Zamonaviy san'at markazining fanlararo eksperimental laboratoriyasi ostida faoliyat yuritayotgan O‘zbekistonning Yosh rassomlari va me'morlari O‘zbekiston Milliy pavilonini yaratish doirasida mahalliy tadqiqotlarda faol qatnashdi va loyihaga katta hissa qo‘shdi.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44
-
Turkiya va AQSh Isroildan Suriyaga hujumlarni to‘xtatishni so‘radi
Jahon | 22:19
Mavzuga oid

16:29 / 15.05.2025
Quyosh pechi, “sayyoralar paradi” va qimmatbaho sun’iy olmoslar – Venetsiyadagi o‘zbek pavilionida nimalar namoyish etilmoqda?

14:13 / 08.05.2025
Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

22:06 / 27.10.2024
Venetsiya bir kunga keladigan turistlar uchun soliq miqdorini oshiradi

13:54 / 10.09.2024