Ozarboyjon Armaniston bilan chegaradagi keskinlik ortida harbiy mashg‘ulotlar boshladi
Harbiy mashg‘ulotlar 20 maygacha davom etadi, ularda 15 mingga yaqin harbiy qatnashadi.

Foto: wwwmodgovaz / Facebook
Ozarboyjonda Armaniston bilan chegaradagi keskinlik ortida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi. Mashg‘ulotlarda 15 ming harbiydan tashqari, 300ta zirhli texnika, 400ga yaqin raketa-artilleriya qurilmasi, yalpi o‘t ochish reaktiv tizimlari, minomyotlar va tanklarga qarshi vositalar, 50taga yaqin samolyot, vertolyot va dronlar ishtirok etadi.
Xabarda ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlarda asosiy e'tibor Bokuda Armaniston bilan Tog‘li Qorabog‘da 2020 yil kuzida yuz bergan ixtilofda to‘plangan jangovar tajriba hisobga olinib, qo‘shinlarni boshqarish, ularni jangovar shaylik holatiga keltirish va qayta guruhlashga qaratiladi.
Ozarboyjon mashg‘ulotlar o‘tkazishini 12 mayda e'lon qilgan. Shu kuni Armaniston ozarboyjonlik harbiylar «chegarani aniqlashtirib olish» vaji ostida Armaniston chegaraoldi hududlaridan birida muayyan ishlarni amalga oshirishga uringanini ma'lum qilgan. Ushbu ishlar arman harbiylari aralashuvidan keyin to‘xtatilgan. Yerevanning ta'kidlashicha, 13 may kuni Ozarboyjon harbiylari Vardenis (Gegargunik oblasti) va Sisian (Syunik oblasti) shaharlari yaqinidagi chegara orqali Armanistonga kirishga uringan.
Armaniston bosh vaziri vazifasini bajarayotgan Nikol Pashinyan ushbu hodisalarni mamlakat suverenitetiga rahna solish deb atagan. Uning aytishicha, ozarboyjonlik harbiylar Armaniston hududiga 3,5 km ichkari kirib, Sevlich ko‘lini o‘rab olmoqchi bo‘lgan. Pashinyan Bokuni nizo chiqarishga urinishda ayblab, 14 may kuni Rossiyadan harbiy yordam so‘ragan.
O‘z navbatida, Ozarboyjon Yerevanning munosabatini noo‘rin deb atab, Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha 2020 yil noyabrda tuzilgan bayonotga ko‘ra, Armaniston bilan chegaradosh Kelbajar va Lochin tumanlarida chegara qo‘shinlarini joylashtirish jarayoni borayotganini ma'lum qilgan.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron AQSh hujumidan keyin Isroilga raketalar uchirdi
Jahon | 11:03
-
OAV: Tramp ma’muriyati Andrey Yermakdan norozi
Jahon | 10:57
-
Foto: Eronga berilgan zarbalar Oq uydagi «Situation Room»dan nazorat qilingan
Jahon | 10:29
-
Yaponiyada qurol o‘rniga o‘tkir ziravorlardan foydalangan o‘g‘rilar ushlandi
Jahon | 10:11
Mavzuga oid

13:20 / 21.06.2025
Ozarboyjonda yetti nafar jurnalist uzoq muddatga qamaldi

12:10 / 03.06.2025
Aliyev: «Asr shartnomasi» mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyatni o‘zgartirdi

15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi

16:28 / 23.05.2025