Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQSh hujumidan keyin Isroilga raketalar uchirdi
Eron Isroil tomon 20-30 ta ballistik raketa uchirdi. Hujum oqibatida kamida 11 kishi jarohat oldi.

Foto: AP
22 iyun tongida Isroilning shimoliy va markaziy qismlarida Eron tomonidan raketa zarbalari xavfi sabab havo trevogasi sirenalari yangradi. Aholiga pana joylarga ko‘chish buyurildi.
Ta’kidlanishicha, Eron hujumi bir necha to‘lqinlarda davom etgan. Isroil Mudofaa armiyasiga ko‘ra, Eron tomonidan jami 20–30 ta ballistik raketa uchirilgan.
Magen Devid Adom milliy tibbiyot xizmatining ma’lum qilishicha, qutqaruvchilar mamlakatning o‘ndan ortiq joylariga raketa va snaryad parchalari kelib tushganiga oid xabarlarni qayd etgan.
Hujum oqibatida kamida 11 kishi jarohat olgan.
Qayd etilishicha, hujum Amerika harbiylari tunda Eron yadroviy dasturi obektlariga bergan zarbalaridan keyin amalga oshirilgan.
Eron yadroviy inshootlariga 22 iyunga o‘tar kechasi hujum qildi. G‘arb OAVga ko‘ra, AQSh Harbiy-havo kuchlari zarba berishda B-2A Spirit bombardimonchisidan foydalangan. Mamlakat prezidenti Donald Tramp Eronning muhim yadroviy obektlari yo‘q qilinganini ma’lum qildi.
O‘z navbatida Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi AQSh xalqaro huquq va yadroviy qurolni tarqatmaslik rejimini «qo‘pol buzgani»ni bildirdi. «Bugun tongdagi voqealar ablahona va uzoq muddatli oqibatlarga olib keladi. BMTning har bir a’zosi bu nihoyatda xavfli, qonunsiz va jinoyatkorona xatti-harakatdan tashvishlanishi lozim», — deb yozadi u X ijtimoiy tarmog‘iga.
Shuningdek, Arag‘chi BMT Nizomi qoidalariga muvofiq, Eron o‘zini mudofaa qilish tartibida qonuniy javob choralarini ko‘rishga haqli ekanini aytdi. «Shu asosda, Eron o‘z suvereniteti, manfaatlari va xalqini himoya qilish uchun barcha imkoniyatlarni o‘zida saqlab qoladi», — deydi TIV rahbari.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Jigar kasalliklarini operatsiyasiz davolash usuli topildi
Fan-texnika | 12:07
-
Rossiya konserva ishlab chiqaruvchi eng yirik kompaniyani milliylashtirdi
Jahon | 11:55
-
O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi aytildi
O‘zbekiston | 11:49
Mavzuga oid

23:05 / 11.07.2025
Isroil armiyasi HAMASning olti nafar qo‘mondoni o‘ldirilganini ma’lum qildi

12:46 / 10.07.2025
AQSh Isroilning asosiy tanqidchisi - Francheska Albanezeni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi

08:07 / 10.07.2025
«Netanyahu sizni urushga boshlamoqda»: Taker Karlson Eron prezidentidan intervyu oldi

21:27 / 09.07.2025