Xorazm viloyat sudining uch oylik faoliyati haqida axborot berildi

Xorazm viloyat sudining 2021 yil birinchi choragidagi faoliyatiga doir axborotni jamoatchilikka yetkazish maqsadida brifing o‘tkazildi.
Unda viloyat sudi raisining jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari yo‘nalishlar bo‘yicha qilingan ishlar haqida ma'lumot berishdi.
O‘tgan uch oy davomida viloyat sudlarida jami 318ta jinoyat, 3 552ta fuqarolik va 1 944ta iqtisodiy ishlar ko‘rib tamomlangan.
Shuningdek, 25 nafar shaxs sud zalida qamoqqa olingan, 13 nafar shaxs qamoqdan ozod etilgan. 207 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan va 8 nafar fuqaro oqlangan.
Sudlarning jinoyatlarga qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasidagi faoliyat samaradorligini kuchaytirish maqsadida 70ta yoki 22 foiz jinoyat ishi aynan jinoyat sodir bo‘lgan joylarda, mahallalarda, tegishli tashkilot va muassasalarda sayyor sud majlisi tartibida ko‘rib chiqilgan.
Bu ko‘rsatkich fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarda 923ta, ya'ni 26 foizni, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarda 677ta, ya'ni 34,8 foizni tashkil etgan.
Mavzuga oid

18:15 / 28.03.2025
Sud futbolchi Dani Alvesning 4,5 yillik qamoq hukmini bekor qildi

11:52 / 22.03.2025
AQShda sud sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan asar mualliflik huquqi bilan himoyalanmasligini tasdiqladi

16:38 / 18.03.2025
Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi

15:34 / 18.03.2025