Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda sud sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan asar mualliflik huquqi bilan himoyalanmasligini tasdiqladi
Federal apellyatsiya sudi olim Stiven Talerning DABUS sun’iy intellekt tizimi yaratgan tasvirga mualliflik huquqini berish haqidagi arizasini rad etdi.

Foto: REUTERS
Vashingtondagi Kolumbiya okrugi Federal apellyatsiya sudi inson ishtirokisiz sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan san’at asari AQSh qonunchiligiga muvofiq mualliflik huquqi bilan himoyalanmasligini tasdiqladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Sud AQSh Mualliflik huquqi boshqarmasi bilan kelishgan holda olim Stiven Talerning DABUS sun’iy intellekt tizimi yaratgan tasvirga mualliflik huquqi berilmasligi to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.
2022 yilda Mualliflik huquqi boshqarmasi Talerning arizasini rad etib, mualliflik huquqi faqat inson tomonidan yaratilgan asarlarga nisbatan qo‘llanishi mumkinligini bildirgandi.
2023 yilda Kolumbiya okrugi federal sudyasi ushbu qarorni tasdiqladi va inson muallifligi “asrlar davomida shakllangan tushuncha”ga asoslanib, “mualliflik huquqining asosiy talabi” ekanini ta’kidladi.
Taler Kolumbiya okrugi Apellyatsiya sudiga yo‘llagan murojaatida bunday qaror “rivojlanayotgan sohaga sarmoya kiritish hamda u bilan ishlash istagini so‘ndirishi” mumkinligini aytgan.
Sudya Patrisiya Millettning aytishicha, AQShning mualliflik huquqi to‘g‘risidagi qonuni “barcha asar dastlab inson tomonidan yaratilishini talab qiladi”.
Avvalroq, Buyuk Britaniya Oliy sudi sun’iy intellektni ixtirochi sifatida tan olish va unga patent huquqi berilishi mumkin emas, degan xulosaga kelgandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Veolia Energy Tashkent issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlarini to‘xtatdi
O‘zbekiston | 19:07
-
Rossiyada og‘ir ahvolga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi
Jamiyat | 19:01
-
Yaponiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ta’lim: Toshkent Kimyo universiteti yangi bosqichda
Jamiyat | 19:00
-
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi
O‘zbekiston | 18:33
Mavzuga oid

18:22
Google sun’iy intellekti «barcha kasalliklar muammosini hal qiladi»

18:20
Rubio Lavrov bilan Ukrainadagi urushga barham berish bo‘yicha «yo‘l xaritasini» muhokama qildi

16:48
To‘qayev Trampning 25 foizlik bojlar haqidagi maktubiga javob yo‘lladi

15:41