Xorazm viloyatining uchta tumanida hokim o‘zgardi
Hazorasp, Honqa va Shovot tumanlarida yangi rahbarlar ish boshladi.
18 mart kuni Xorazm viloyatining uchta hududi – Hazorasp, Shovot va Honqa tumanlarida hokimlar o‘zgardi.
Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Rahimov ishtirokida o‘tkazilgan sessiyada Hazorasp tumani hokimi lavozimiga prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Milliy kadrlar zaxirasidan Maqsudbek Hojiyevich Abdullayev nomzodi tavsiya etildi va u hokim lavozimiga tasdiqlandi.

Maqsudbek Abdullayev Tuproqqal’a tumanidagi «NEW BEST STYLE» MChJ ta’sischisi hisoblanadi.
Hazorasp tumaniga 2023 yil fevraldan buyon Zafar Abdirimov hokim edi, uning keyingi faoliyati haqida ma’lumot yo‘q.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida sessiyada Jo‘rabek Rahimov so‘zga chiqib, tumanni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni chuqur tahlil qilgani va galdagi ustuvor vazifalar xususida to‘xtalgani qayd etilgan.
Bugun xalq deputatlari Xonqa tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ham tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Viloyat hokimi ushbu tuman hokimi lavozimiga Ulug‘bek Jumaniyozovich Davlatov nomzodini tavsiya etgan va muzokaralardan keyin deputatlar nomzodni bir ovozdan ma’qullagan.

Ulug‘bek Davlatov bunga qadar Yangibozor tumani hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.
Xonqa tumaniga 2020 yil dekabridan buyon Muradbek Saparbayevich Davlatov hokimlik qilib kelayotgandi.
Bugundan u Shovot tumani hokimi sifatida ish boshladi.

Shovot tumaniga 2023 yil noyabrdan buyon Oybek Xolboyev hokimlik qilib kelayotgandi. Uning keyingi faoliyati haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Tavsiya etamiz
Trampning savdo urushi: u Xitoyga yon berdimi?
Jahon | 22:28 / 20.05.2025
O‘zbekistonda go‘sht narxi oshishiga qaysi omillar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:11 / 20.05.2025
Nima qilsa muzqaymoq bolalarning tomog‘ini og‘ritmaydi? – pediatr maslahati
Jamiyat | 17:23 / 20.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi
O‘zbekiston | 21:32 / 19.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:21
-
Rossiyadagi kutubxonalar Trampning kitoblarini sotib olishni boshladi
Jahon | 11:13
-
Muzrabot tumaniga yangi hokim tayinlandi
O‘zbekiston | 11:11
-
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
O‘zbekiston | 11:02
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025