«Hududlarda 10 ming nafar tor doiradagi mutaxassislar yetishmaydi» – Kelgusi o‘quv yilidan klinik ordinaturaning qabul kvotasi oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1 aprel kuni aholi salomatligini saqlash va koronavirusga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Prezident sohada kadrlar yetishmovchiligi jiddiy ekanligiga e'tibor qaratdi.
«Sohani, ayniqsa, birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash zarur. Bu borada, olis va chekka hududlarda joylashgan oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarida shifokorlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqoriligini inobatga olib, «Qishloq shifokori» dasturi qabul qilindi.
Ushbu hududlarda ishlamoqchi bo‘lgan shifokorlarga 30 million so‘m pul mablag‘lari ajratilishi belgilanib, ushbu maqsadlarga joriy yil budjetdan 20 milliard so‘m ajratildi.
Lekin, oradan 4 oy vaqt o‘tgani bo‘lsa-da, na viloyat, tuman va shahar hokimi, na sog‘liqni saqlash boshliqlari birorta talabgor bilan shartnoma imzolamagan.
Vaholanki, bugungi kunda olis va chekka hududlar uchun 220 nafar shifokor zarur. Hududlarda 10 ming nafar tor doiradagi mutaxassislar yetishmaydi.
Masalan, Surxondaryoda 130 nafar tez tibbiy yordam, 60 nafar terapevt shifokori, Toshkent viloyatida 113 nafar laborant, Farg‘onada 100 nafar bolalar shifokori, Namanganda 25 nafar akusher yetishmaydi.
Amaldagi tizim bo‘yicha yiliga 3 ming nafar tor mutaxassis tayyorlansa-da, har yili yana 2 ming nafar mutaxassis pensiyaga chiqib ketadi», degan prezident.
Shu sababli, prezidentning yoshlar, fan, ta'lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Laziz To‘ychiyev hamda Sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Hojibayevga klinik ordinaturada o‘qitishning yangi tizimini joriy etib, kelgusi o‘quv yilidan qabul kvotasini ikki baravarga oshirish bo‘yicha topshiriq berildi.
Ushbu yangi tizimda ordinatorlar o‘quv jarayonining yarmini oliygohlar va ixtisoslashgan markazlarda, qolgan yarmini esa, ish joyida davom ettiradi.
«Viloyat hokimlari o‘z hududiga zarur bo‘lgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash uchun mahalliy budjetdan grant ajratishi kerak.
Masalan, ushbu grant asosida o‘qigan shifokor, grant ajratgan viloyatga borib kamida uch yil ishlab berish majburiyatini olishi zarur», – dedi davlat rahbari.
Tavsiya etamiz
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43 / 29.06.2025
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Temiryo‘l chiptasi bo‘yicha qariyb 800 ming yo‘lovchidan undirilgan ortiqcha haq qaytariladi
O‘zbekiston | 14:32
-
Malayziya universiteti O‘zbekistondagi kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun grant ajratadi
O‘zbekiston | 14:26
-
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi
Jamiyat | 14:22
-
G‘azoda sulh “shabbodasi”, F-16’sidan ayrilgan Ukraina, TikTok’ka xaridorlar topgan Tramp va Rossiya bilan “sovuqlashayotgan” Ozarboyjon – kun dayjesti
Jahon | 14:12
Mavzuga oid

11:31 / 16.06.2025
Ijtimoiy tarmoqlardagi eng ko‘p murojaatlar huquq-tartibot idoralari va sud, hokimliklarga to‘g‘ri keladi - Prezident

11:25 / 16.06.2025
“Xalq nazorati” elektron portali butun respublikada ishga tushiriladi

11:14 / 16.06.2025
Yo‘l, suv, elektr bo‘yicha 3-5 yillab cho‘zilayotgan loyihalar borligi ma’lum qilindi

11:05 / 16.06.2025