Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda «Yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonalari» tashkil etiladi
O‘zbekiston prezidenti tomonidan «Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari»ni tashkil qilish, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshida «Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi» tashkil etish va ushbu jamg‘armaga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan 100 mln dollar miqdorida mablag‘ ajratish bo‘yicha topshiriq berilgan edi.

Uning ijrosini ta'minlash maqsadida, Urganch shahar sanoat zonasida 3,2 gektar maydonda, shuningdek, Xonqa tumanidagi Qoraqosh mahallasida 4 gektar maydonda «Yoshlar tadbirkorlik va sanoat zonalari» tashkil etiladi.
Urganch shahar hokimligi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida xabar berilishicha, ajratilgan yerda ishlab chiqarish binolari qurilib, ularni yoshlarga imtiyozli shartlarda ijara va lizing asosida berish rejalashtirilgan.
«Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi»dan yosh tadbirkorlik sub'yekti uchun moliyaviy resurs 200 ming AQSh dollaridan oshmaydigan miqdorda 5 yil muddatga ajratiladi.
Shuningdek, «Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari» hududlarida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, berilgan imtiyozlar natijasida iqtisod qilingan mablag‘larni tijorat banklari tomonidan lizingga ajratilgan binoga to‘lov uchun yo‘naltirish sharti bilan 3 yil muddatga foyda solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, kichik korxonalar aylanmasidan olinadigan soliqlar 50 foizidan ozod qilinadi.
Yosh tadbirkorlik sub'yektlari boshlang‘ich to‘lov sifatida lizingga beriladigan bino qiymatining 10 foizlik qismini to‘laydi. Jamg‘arma hisobidan tijorat banklariga yoshlar uchun bino qurishga beriladigan moliyaviy resurslar milliy valutada yillik 7 foiz miqdorida taqdim etiladi. Tijorat banklari tomonidan yosh tadbirkorlik sub'yektlariga binolarni lizing asosida berish milliy valutada yillik 10 foiz miqdorida amalga oshiriladi.
«Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari»ni Xorazm viloyatida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun «O‘zsanoatqurilishbank» ATB biriktirilgan.
«Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari»da 500 kvadrat metrgacha yer maydoni ajratish bo‘yicha qaror shahar va tuman hokimliklari tomonidan 5 ish kuni davomida qabul qilinishi lozim.
Yosh tadbirkorlarga ishlab chiqarish binolarini milliy valutada yillik 10 foiz miqdorida 5 yilga lizingga berish masalasi tijorat banklari tomonidan 10 ish kuni ichida ko‘rib chiqilishi lozim.
Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirish 4 bosqichda amalga oshiriladi:
- yosh tadbirkor investitsiya loyihasi va belgilangan hujjatlar to‘plamini tijorat bankiga taqdim qiladi;
- tijorat banki jamg‘armadan moliyaviy resurs olish uchun buyurtmanoma kiritadi;
- jamg‘arma 10 kalendar kunida milliy valutada 7 foiz stavkada, xorijiy valutada 2 foiz stavkada moliyaviy resurs taqdim qiladi;
- tijorat banki 5 kalendar kunida yosh tadbirkorga mablag‘ ajratilishi haqidagi hujjatlarni rasmiylashtiradi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Buxoro viloyatida sayyohlik halqasi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 07:54
-
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi
Jahon | 07:41
-
Fuqarolik jamiyati institutlari davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi
O‘zbekiston | 07:34
Mavzuga oid

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

17:14 / 26.06.2025
Suv, quyosh va innovatsiya: xorazmlik fermerlar qanday qilib hosildorlik va daromadni oshirmoqda?

14:12 / 25.06.2025
Xorazmda fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan sudyalarga “hayfsan” berildi

20:28 / 18.06.2025