Xorazmda fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan sudyalarga “hayfsan” berildi
O‘g‘rilikda ayblangan fuqaroga oid jinoyat ishi taftish instansiyasida ko‘rib chiqilgan hamda u oqlangan. Biroq xatolik tufayli fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish hamda uni jazoni ijro etish muassasasidan ozod etish ajrimda yozilmay qolgan. Oqlanganini fuqaroning na o‘zi, na yaqinlari bilmagan. Bu ish ortidan Xorazm viloyat sudi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Bakdurdiyev ishdan ketdi.
Xorazm viloyatida fuqaro sudyaning qo‘pol xatosi tufayli 8 oy jazoni ijro etish muassasasida asossiz saqlangani aniqlandi. Kun.uz bunga sabab bo‘lgan taftish instansiyasi ajrimini o‘rgandi.
Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro Rustam Xo‘janiyozov va boshqalar (jami 4 kishi) bir nechta epizodda savdo do‘koni oldida turgan yog‘ mahsulotlarini o‘g‘irlaganlikda ayblangan. Ularning barchasi 2023 yil oktyabr oyida ushlanib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Ish sudga chiqqan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudining 2024 yil 29 martdagi hukmi bilan Rustam Xo‘janiyozov Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilishi) bilan aybli deb topilgan. Unga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Xorazm viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2024 yil 3 maydagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudi hukmi o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Jinoyat ishi Xorazm viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasida ko‘rib chiqilgan. Taftish instansiyasining 2024 yil 22 iyuldagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudi hukmining Rustam Xo‘janiyozovga oid qismi o‘zgartirilgan. Ya’ni Rustam Xo‘janiyozov Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan qo‘yilgan ayblov epizodlarida qayd etilgan jinoyatni sodir etganlikda aybsiz deb topilgan. Ushbu ayblov epizodlari yuzasidan Rustam Xo‘janiyozovning harakatlarida jinoyat tarkibi yo‘qligi munosabati bilan u oqlangan hamda jinoyat ishining shu qismi tugatilgan.
Ajrimda Rustam Xo‘janiyozovni MJtKning 61-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy javobgarlikka tortish masalasi bo‘yicha tegishli hujjatlar IIBga yuborilishi belgilangan. Biroq taftish instansiyasi ajrimida Rustam Xo‘janiyozovga nisbatan qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini bekor qilib, uni jazoni ijro etish muassasasidan darhol ozod qilish yozilmay qolgan. Buning oqibatida Rustam Xo‘janiyozov asossiz ravishda jazoni ijro etish muassasasida 207 kun saqlangan.
Oqlanganini Rustam Xo‘janiyozovning na o‘zi, na yaqinlari bilmagan. Chunki ajrimda sudlov hay’ati uning shikoyatidagi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlash haqidagi vajlari bilan kelishmasligi keltirilgan hamda shikoyatni qanoatlantirish rad etilgan.
Sudyalar Oliy kengashi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, holat yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilgan hamda sudyaning ushbu xatosi o‘z tasdig‘ini topgan. Ishni taftish instansiyasida ko‘rgan 3 nafar sudyaga nisbatan xayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan. Ishni ko‘rishda raislik qilgan Ulug‘bek Bakdurdiyev prezidentning 2025 yil 23 iyundagi farmoyishi bilan yozma arizasiga asosan Xorazm viloyat sudi raisining o‘rinbosari – jinoyat ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod etilgandi.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi
O‘zbekiston | 07:05
-
Toshkentda odamlardan intervyu olish bahonasida pul yig‘ib kelgan shaxslar ushlandi
Jamiyat | 07:01
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
Mavzuga oid

19:53 / 03.07.2025
Yangiariqda ushlangan sudya ishi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi

10:02 / 28.06.2025
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

17:14 / 26.06.2025
Suv, quyosh va innovatsiya: xorazmlik fermerlar qanday qilib hosildorlik va daromadni oshirmoqda?

20:28 / 18.06.2025