26ta texnik reglament YeOII davlatlarida qabul qilingan reglamentlarga moslashtirilib, qayta ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish sohasida 52ta texnik reglamentlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 26tasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarida qabul qilingan reglamentlarga moslashtirilib, qayta ishlab chiqiladi.
«O‘zstandart» agentligi huzuridagi departament boshlig‘i Zoirjon Omonov Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarida amalda bo‘lgan texnik reglamentlarni respublikada ishlab chiqish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
Mutaxassisning ma'lum qilishicha, O‘zbekistonda texnik jihatdan tartibga solish sohasida 52ta texnik reglamentlar qabul qilingan bo‘lib, shundan 12tasi maxsus reglamentlar hisoblanadi.
«Agar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlaridagi reglamentlar bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, ularda 48ta reglament mavjud. Hozirgi kunda respublikada 26ta reglament YeOII davlatlarida qabul qilingan reglamentlariga mosligi solishtirib chiqilib, ularni qayta ishlab chiqish bo‘yicha qaror qabul qilingan», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«O‘zstandart» agentligi vakilining ta'kidlashicha, bundan asosiy maqsad O‘zbekiston maxsulotlarini YeOII talablariga moslashtirishdir. Agar texnik reglamentlar ittifoq davlatlaridagi reglamentlarga mos kelmasa, respublika mahsulotlari YeOII davlatlarida raqobatbardoshligini yo‘qotib qo‘yadi. Departamentning asosiy maqsadi texnik reglamentlarni kuchaytirib, mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish va korxonalarda ularni joriy qilish hisoblanadi.
2020 yil 11 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining videoanjuman shaklidagi sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingandi.
Bundan avvalroq, 2021 yilda YeOIIga a'zo bo‘lgan davlatlar bozorlarida to‘laqonli ishtirok etish uchun milliy texnik tartibga solish me'yorlari, ularning talablariga moslashtirish bo‘yicha ishlar jadallashtirilishi ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hidi paykalni tutgan qovunlar: Toshloqda qovun pishdi
Jamiyat | 18:02
-
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi
Jahon | 17:56
-
Tramp ma’muriyati noqonuniy migrantlarga qarshi kurashish uchun 20 ming askar so‘radi
Jahon | 17:49
-
O‘zbekistonliklar go‘sht, sut va yonilg‘i narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
Iqtisodiyot | 17:27
Mavzuga oid

19:45 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov

14:59 / 04.03.2025
Texnik reglamentlarni ishlab chiqish tartibi tasdiqlandi

08:20 / 18.01.2025
Qishloq transport vositalari xavfsizligining texnik reglamenti tasdiqlandi

11:39 / 08.01.2025