PFL rahbari: «Neftchi»ning keyingi taqdiri, pley-off o‘yinining o‘tishi yoki o‘tmasligi masalasi ko‘rilmoqda. Javobgarlik ikki xil bo‘ladi»
PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev ko‘pchilik kutayotgan qaror - «Neftchi» klubining keyingi taqdiri va Superligaga o‘tish o‘yini o‘tkazilishi yoki qoldirilishi masalasiga to‘xtaldi.

«Yakuniga yetgan hafta O‘zPFL uchun alohida ahamiyat kasb etdi. Bir qator ishlarga ulgurdik. Yangi yilga qadar shu tempda davom etib, ko‘p narsalarni ochiqlashni rejalashtirganmiz. Nasib bo‘lsa, ulguramiz.
Xo‘sh, «Neftchi» — «Turon» o‘yini masalasida. Nimalar bo‘lganini hamma ko‘rdi. Pro ligani rejamizdagidan yaxshiroq o‘tkazishga erishdik. Ammo yakun chiroyli chiqmadi. Buning uchun aybdorlar javob beradi.
Javobgarlik bu borada ikki xil bo‘ladi. Ayni holatda O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi klub, futbolchilar hamda klub rahbarlarining futboldagi keyingi taqdiriga oydinlik kiritish ustida ishlayapti. Shuningdek, Farg‘ona IIBB aybdor shaxslarni qonuniy javobgarlikka tortgan.
Tartib-intizom qo‘mitasining qarori bizga kimlar va qanday jazolanishi, «Neftchi»ning keyingi taqdiri, Superliga uchun o‘tish o‘yinining o‘tishi yoki o‘tmasligi kabi masalalarni ochiqlashi mumkin. Bu borada qo‘mita ishiga na O‘zPFL va na O‘FA aralashadi. Barchasi mavjud reglament asosida amalga oshadi. Ayni vaqtda qo‘mita ishi davom etyapti. Tajribali ekspertlar faoliyat olib boradigan qo‘mita ishni xolis ko‘rib chiqishiga shubha qilmaymiz», — deya yozadi PFL rahbari telegramdagi kanalida.
Eslatib o‘tamiz, Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov kuni kecha «Neftchi» klubida yig‘ilish o‘tkazib, klub bosh murabbiyi Abdusamat Do‘rmonov iste'foga chiqarilgan edi. «Neftchi» klubining bir necha nafar futbolchisi tartibbuzarligi uchun javobgarlikka tortilgan. Hozirga kelib jamoa bosh murabbiysiz qolgan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh 2026 yilda yadro triadasini rivojlantirishga 60 mlrd dollar sarflashni rejalashtirmoqda
Jahon | 22:51
-
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusga yetib bordi
O‘zbekiston | 22:32
-
Rossiyada xorijiy fuqarolarning kirishi uchun raqamli ro‘yxatdan o‘tish joriy etiladi
Jahon | 22:26
-
Gap aqlbovar qilmas summalar haqida ketmoqda: NATO tarixiy qurollanish dekadasiga kirdi
Jahon | 21:51
Mavzuga oid

11:55 / 11.12.2024
Berdiyev - Superliganing eng yaxshi murabbiyi, Mozgovoy - eng yaxshi futbolchi

15:55 / 04.04.2024
Toshkentda talabalar o‘rtasida Coca-Cola homiyligidagi turnir o‘tkaziladi

19:04 / 16.03.2024
UZCARD O‘FA va PFL rasmiy hamkoriga aylandi

16:50 / 18.10.2023