Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
UZCARD O‘FA va PFL rasmiy hamkoriga aylandi

Foto: PFL
UZCARD bir vaqtning o‘zida ham O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi, ham O‘zbekiston Professional futbol ligasining rasmiy hamkoriga aylandi.
12 mart kuni tomonlar o‘rtasida shartnoma imzolandi. OAV vakillari ishtirok etgan marosimda UZCARD bosh direktori Olim Zakirov, UZCARD kuzatuv kengashi a’zolari Aziz Yusupov hamda Kamron Akbarov, shuningdek, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov, tashkilot bosh kotibi Avaz Maksumov hamda O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev ishtirok etdi.
«UZCARD 2023 yil davomida Toshkentning «Paxtakor» klubi bilan samarali hamkorlik olib bordi va 2024 yilga kelib mamlakat futboli rivoji yo‘lida hamkorlik qamrovini kengaytirishga qaror qildi. Endilikda UZCARD nafaqat milliy chempionat uchrashuvlari, balki milliy jamoalar tasnifida ham namoyon bo‘ladi.
Shartnoma imzolash marosimida yil yakuniga qadar bo‘lgan aniq dastur va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi. Ishonamizki, UZCARD bilan mamlakat futboli yana bir qadam oldinga tashlaydi. Jahon chempionati saralash uchrashuvlari oldidan amalga oshgan mazkur kelishuv biz uchun o‘ziga xos ramziy ahamiyat kasb etadi», deyiladi PFL matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
HAMAS Falastin davlati tuzilmagunicha qurolni tashlamasligini ma’lum qildi
Jahon | 01:19
-
BMT bosh kotibi Turkmanistonga keldi
Jahon | 01:00
-
Armaniston sobiq bosh vaziri Jyennifer Lopes konsertiga qilingan xarajatlarni konstitutsiyaga zid deb atadi
Jahon | 00:46
-
Hindiston AQSh bojlariga qarshi javob tayyorlayotgani haqidagi xabar yolg‘onligini bildirdi
Jahon | 00:30
Mavzuga oid

19:51 / 12.02.2025
DXX raisi Bahodir Qurbonov nomzodi O‘FA prezidentligiga ilgari surildi

20:13 / 22.01.2025
Temur Kapadze O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

19:43 / 21.01.2025
Abdusalom Azizov O‘FA rahbarligidan ketdi

11:55 / 11.12.2024