Ravshan Ermatov 10 ming qadam yurganlik uchun 3 ming so‘m to‘lanishi haqida gapirdi
Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov viloyat hokimlarining turizm va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari uchun o‘tkazilayotgan o‘quv-seminari ochilishidan so‘ng jurnalistlarga intervyu berdi.
«Bizning ko‘rsatkichlarimizni oladigan bo‘lsak, Yevropa va sog‘lom turmush tarzini avvalroq yo‘lga qo‘ygan davlatlardan ancha orqada ekanimiz ko‘zga tashlandi. Shuning uchun ham yurish, yugurish, stritbol, badminton, mini futbol, voleybol, basketbol kabi o‘yinlar orqali biz aholini sportga jalb qilmoqchimiz.
Albatta, boshlanishida ularni sportga qiziqtirib, uylaridan, ishxonalaridan chiqarib sport tadbirlarini tashkil qiladigan bo‘lsak, 1–2 oydan keyin avtomatik ravishda sog‘lom turmush tarzi ularning har kun e’tibor qiladigan ishlariga aylanib qoladi.
O‘zimizdan misol keltiradigan bo‘lsam, 2–3 kun sport bilan shug‘ullanmasak, nimadir yetishmayotgandek tuyuladi. Aholimiz ham shunday holatda bo‘lsa, o‘ylaymanki, har qanday kasallikning oldini sport orqali olish, sport orqali yengish mumkin bo‘ladi», – dedi vazir o‘rinbosari.
Ravshan Ermatov kuniga 10 ming qadam yurgan fuqaro moddiy rag‘batlantirilishi g‘oyasiga munosabat bildirdi.
«10 ming qadam yurgan shaxsning hisob raqamiga 3 ming so‘m o‘tkazilishi bir stimuldek ko‘rinsa-da, lekin mening ishonchim komilki, buncha qadamlarni bizning aholimiz pul uchun emas, o‘z sog‘lig‘ini tiklash uchun, qandaydir kasalliklarga uchramaslik uchun tashlaydi.
To‘g‘risini aytganda, biz xalqaro tajribada bunday yondashuvni ko‘rmaganmiz, bu – o‘zbek modeli va o‘zbekistonliklar o‘z modelini targ‘ibot qilyapti.
Yaqinda o‘qidik, bu yangilik Buyuk Britaniyaning The Guardian nashrida ham chop etildi. O‘ylaymanki, sog‘lom turmush tarzi va sportga bunday yondashish juda katta natijalarni yaqin orada beradi», – dedi Ravshan Ermatov.
- Oktabr oyida imzolangan prezident farmoniga binoan, bir sutkada 10 ming qadam yurgan fuqarolarga 3 ming so‘m to‘lanadigan mexanizm joriy etiladi. Buning uchun «Sog‘lom turmush tarzi» nomli platforma 2021 yil 1 martga qadar ishlab chiqiladi.
- Har oyda har bir tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘mdan, har bir hudud bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 1 mln so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51
Mavzuga oid

12:23 / 25.04.2025
Bayram tugadi, endi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish kerak – Ermatov o‘smirlarni akalarining xatolarini takrorlamaslikka chaqirdi

15:21 / 26.02.2025
Ravshan Ermatov: «Osiyo kubogi mezbonligi bizga topshirilsa, Markaziy Osiyo tarixdagi eng yorqin forumlardan birini o‘tkaza oladi»

21:14 / 08.01.2025
Kuniga 10 ming qadam yurganlarni rag‘batlantirish taklif etilmoqda

20:22 / 21.10.2024