Kuniga 10 ming qadam yurganlarni rag‘batlantirish taklif etilmoqda
Uch yil oldin shunga o‘xshash loyiha imi-jimida bekor qilib yuborilgan edi. Bu safar kuniga 10 ming qadam yurish bo‘yicha “yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlar”ga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish ko‘zda tutilmoqda. Bu maqomni olganlar davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirmaga ega bo‘lishi, barcha voyaga yetgan a’zolari bunday natijaga erishgan oilalardan 14 tasi esa har yili lotereyada elektromobil yutib olishi mumkin.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda aholining kundalik hayotiga ekologik tamoyillarni singdirishga qaratilgan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi. Bu – 2025 yilgi davlat dasturi loyihasida ko‘zda tutilgan.
“Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- bir sutka davomida kamida 10 ming qadam yurishni targ‘ib qilish;
- yuqori ko‘rsatkichlarga erishganlarga “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda ular uchun davlat xizmatlaridan foydalanishda 10 foiz chegirma va davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan banklarda iste’mol kreditini olishda chegirma taqdim etish;
- oilaning barcha voyaga yetgan a’zolari “Ekofaol fuqaro” maqomini olganda, ushbu oilaga “yashil oila” maqomini berish hamda ularga har yili lotereya orqali 14 ta elektromobil berish;
- aholisining yarmi “yashil oila” maqomini olgan mahallalarda “Eng toza mahalla” va “Eng yashil mahalla” tanlovlarini o‘tkazish va g‘olib bo‘lgan mahallalar jamg‘armasiga bolalar maydonchasini qurish, yashil bog‘ yaratish hamda chiqindi yig‘ish maydonchalarini qurish va chiqindi konteynerlarini o‘rnatishga 500 million so‘m ajratish.
Yuqoridagilarni nazarda tutuvchi elektron platforma 2025 yil 1 iyungacha ishga tushirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda piyoda yurganlarni mukofotlash tizimi 2021 yil mart oyida ham yo‘lga qo‘yilgandi. O‘shanda 1hls.uz platformasi ishga tushirilib, shu orqali kuniga 10 ming qadamdan ortiq yurgan fuqarolarga 3 ming so‘mdan to‘lash boshlangan edi. Lekin ko‘p o‘tmay, 2022 yil yanvarida bu jarayon to‘xtatib qo‘yilgandi.
2022 yil may oyiga kelib, jamoatchilik piyoda yurganlarni mukofotlash imi-jimida bekor qilib yuborilganidan xabar topgandi.
O‘shanda piyoda yuruvchilarga platformada hisoblangan pul mukofotlarining bir qismi to‘lanmay qolib ketgan.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Superliga. «Paxtakor» «Navbahor»ni mag‘lub etdi, «Dinamo»-«Nasaf» o‘yini durang bilan yakunlandi
Sport | 23:58 / 06.07.2025
-
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:25 / 06.07.2025
-
Britaniya buyurtmalar yo‘qligi bois Eurofighter Typhoon qiruvchilarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Jahon | 22:38 / 06.07.2025
-
Xitoy Putindan NATOga hujum qilishni so‘raydi - alyans bosh kotibi
Jahon | 22:07 / 06.07.2025
Mavzuga oid

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

15:37 / 24.06.2025
Shisha butilkalarda plastik butilkaga nisbatan ko‘proq mikroplastmassa borligi aniqlandi

21:49 / 03.06.2025
Olimlar mikroplastik inson vujudiga qanday ta’sir qilishini tushuntirdi

17:23 / 14.05.2025