Aziz Abduhakimov: Pandemiya chog‘ida turistik infratuzilma yaratish ishlarini bir zumga ham to‘xtatganimiz yo‘q
18 oktabr - Samarqand shahri kuni 1998 yildan buyon keng nishonlanib kelmoqda. Ko‘hna shaharning bu yilgi bayrami arafasida shaharda bir qator yangi obektlar ishga tushirildi.
Jumladan, «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetining butunlay ta'mirlangan yangi kampusi, 109 yillik tarixga ega A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazining to‘liq ta'mirdan chiqqan binosi, Samarqand tumanidagi turistik qishloqqa aylantirilayotgan Konigil mahallasi, shahardagi gastronomik ko‘chaga aylantirilgan Orzi Mahmudov ko‘chasi.
Barcha yangi obektlarning ochilish marosimida bosh vazir o‘rinbosari, turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etishdi.
Aziz Abduhakimov Kun.uz muxbiriga pandemiya chog‘ida ancha oqsab qolgan turizm sohasini yana jonlantirish borasidagi fikrlarini so‘zlab berdi.
— Haqiqatan ham pandemiya davrida turizm eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalardan biri bo‘ldi. Prezidentimiz shu sohaga ko‘mak beruvchi, pandemiyadan o‘tish davrida bu sohani yanada tezroq rivojlantirishga qaratilgan bir nechta farmon va qarorlar imzoladi.
Bitta muhim yo‘nalish, turizm sohasining kelajak rivojiga poydevor bo‘ladigan narsa — bu, albatta, ta'lim. Ya'ni malakali mutaxassislar tayyorlash. «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universitetining yangi kampusi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bundan tashqari, Samarqandda joylashgan Konigil qishlog‘iga turistik qishloq maqomini berishimiz ham soha rivoji sari qo‘yilgan katta qadam, deb baholasak bo‘ladi.
Bu qishloqda noyob bo‘lgan Samarqand qog‘ozini qadimiy usulda ishlab chiqarish, milliy taomlarimiz, zargarlik va boshqa hunarmandchilik — hammasi namoyon etiladi. Dastlabki bosqichda 800 metrlik turistik marshrut yaratilib, kelajakda shunga qo‘shimcha ravishda jami 3,3 kilometrlik turistik marshrut yaratiladi.
Umuman olganda, bitta narsaga alohida bir e'tibor qaratish kerak — bu investorlar bilan ishlash. Hozir ko‘plab chet ellik va mahalliy investorlarimiz yangi turistik loyihalarga o‘z qiziqishini bildirmoqda. Bu sohadan tadbirkorlar va aholi ham daromad ko‘rishni ko‘zlab turibdi.
Bu degani — biz ularga munosib shart-sharoitlarni yaratib berdik, kerak bo‘lsa davlat tomonidan soliq imtiyozlari taqdim etildi. Bularning hammasi sohaning ravnaqiga xizmat qiladi. Umuman olganda, bugun OAV vakillari ham Konigil qishlog‘iga kelib, bu yerda qanday ulkan ishlar amalga oshirilayotganini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmoqda.

Hozirda Samarqandga aksar tarixiy obidalar, madaniy merosimizni tomosha qilish uchun kelishayotgan bo‘lsa, yaqin kelajakda Konigil qishlog‘i yangi bir turistik yo‘nalish yoki makonga aylanadi. Bu esa Samarqandga kelgan turistlar vaqtining shaharda ko‘proq va mazmunli o‘tishiga ham xizmat qiladi degani.
Biz yangi turistik obektlarni, yangi turistik makonlar yaratishni bir zum to‘xtatmadik. Aytaylik, mana, mehmonxonalar qurilishi, birortasi to‘xtagani yo‘q. Negaki davlat tomonidan, shaxsan prezidentimiz tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratib berildi.
Mana, bugun ham ko‘rib turibsiz, pandemiya davrida ham yangi turistik obektlar, yangi mehmonxonalar ochilmoqda.
Aytmoqchimanki, turizm baribir o‘z o‘rnini topa oladi va pandemiya yakunlangandan keyin bu sohani juda tez sur'atda rivojlantirishni rejalashtirib turibmiz.
Hozirgi kunda ham turistlar qabul qilish bo‘yicha tegishli yangiliklar bo‘lmoqda. Eng asosiy talab — xorijdan kelayotgan turistlarda COVID-19 yo‘qligi to‘g‘risida yoki unga nisbatan organizmda antitanalar borligi to‘g‘risida tegishli ma'lumotnomalar bilan O‘zbekistonga kirib kelishi mumkin. Shu holatda ularni 14 kunlik karantindan ozod etganmiz.
Ular yakka tartibda emas, turistik guruh ko‘rinishida O‘zbekistonga bemalol kelishi mumkin. Bundan tashqari, yana bir muhim narsa — biz Uzbekistan Safe travel guarantee, ya'ni O‘zbekistonga kelgandan keyin turistlarning sanitar-gigiyenik xavfsizligini ta'minlovchi alohida tizim yaratganmiz. Bu tizim xorijlik mehmonlarning koronavirus infeksiyasiga chalinmasligini kafolatlaydi.
Shuhrat Shokirjonov suhbatlashdi.
Tasvirchi: Jahongir Aliboyev.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23
-
Leapmotor importiga ruxsat berildi, lekin shartlari bor
Iqtisodiyot | 22:54
-
Sumiga zarba: Moskva, Kiyev va Vashington nima dedi?
Jahon | 22:30
-
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
O‘zbekiston | 22:26
Mavzuga oid

12:07 / 11.04.2025
Turizm sohasida yangi vazifalar belgilandi. Avvalgi topshiriqlar ijrosi qoniqarlimi?

16:37 / 09.04.2025
Prezident zamonaviy turizm marshrutlarini tashkil etish bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi

15:48 / 09.04.2025
«Sayyohlar yo‘llar ahvolidan norozi» - mutasaddilarga «turizm halqasi»ga kirgan yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha ishlarni boshlash topshirildi

19:01 / 05.04.2025