Go‘sht, shakar, yog‘ va kartoshka QQSdan vaqtincha ozod etiladi
Pandemiya davrida aholi va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, narxlar barqarorligini ta'minlash maqsadida Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev ma'lum qildi.

O‘zgartishga asosan, 2020 yil 15 oktyabrdan boshlab quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilishi kutilmoqda:
2021 yil 1 yanvargacha O‘zbekiston Respublikasiga shakar va shakar xomashyosini olib kirish, shuningdek uni realizatsiya qilish aylanmalari;
2021 yil 1 iyulgacha O‘zbekiston Respublikasiga kartoshka, o‘simlik yog‘i, go‘sht (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, tovuq go‘shti va boshqalar), hayvonlarni (qoramol va parranda) tirik holda va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarni olib kirish, shuningdek ularni realizatsiya qilish aylanmalari.
«Bu tartiblar chetdan mahsulot olib kirish bilan birga ichki bozorda shu bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarimiz uchun ham qo‘llanishi ko‘zda tutilmoqda. Shu sababli qonun loyihasi matni keyingi o‘qishlarda tahririy jihatdan o‘zgartirildi.
Bu o‘z o‘rnida bozorlarda oshib borayotgan o‘simlik yog‘i, go‘sht va boshqa iste'mol mahsulotlarining narxi pasayib, barqarorlashiga olib kelishi zarur», – deb yozdi Kusherbayev Telegram'dagi kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan. Loyihani shu hafta so‘ngida kutilayotgan Senat yalpi majlisiga kiritish rejalashtirilgan.
Qonun loyihasi deputatlar K.Ernazarov, M.Qurbonboyev va A.Umirov tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.
Tavsiya etamiz
Tramp bilan urushib qolgan Mask yangi partiya tuzmoqda
Jahon | 15:19 / 06.07.2025
Olti muloqot, natija nol. Ukraina yolg‘iz qoladimi?
Jahon | 13:10 / 06.07.2025
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bog‘da odamlardan pul yig‘ib kelgan yigitlar ushlandi, O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14
-
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri bilan strategik sheriklik munosabatlarini muhokama qildi
O‘zbekiston | 22:57
-
Indoneziyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 22:49
-
Turkiyada otishmada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi
Jamiyat | 22:21
Mavzuga oid

19:40 / 28.06.2025
O‘zbekiston Mo‘g‘ulistondan 2 ming tonna «halol» ot va qo‘y go‘shti sotib oladi

15:34 / 19.06.2025
O‘zbekiston bozoriga Belarusdan mol go‘shti maqbul narxlarda yetkazib berilishi mumkin

10:37 / 16.06.2025
"Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi barqaror bo‘lishi shart" - prezident

17:14 / 12.06.2025