Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Covid-19 bilan kasallanib sog‘aygan bemorlar yana 90 kun virus tarqatuvchi bo‘lishi mumkinmi? Mutaxassis izoh berdi
Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda o‘tkazilgan brifingda Covid-19 ayrim bemorlar qonida 90 kungacha saqlanib qolishi mumkinligini ma'lum qildi.

«Amerika Qo‘shma Shtatlari olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ham Covid-19 kasalligini boshdan kechirganlarning ayrimlarining organizmidagi qon tarkibida 90 kungacha virus aylanib yurishi tasdiqlangan.
Bir necha olimlar bunday odamlar 90 kun mobaynida tarqatuvchi bo‘lib qolishi haqida yozishmoqda, lekin bu ma'lumotlar to‘liq tasdiqlanmagan.
Lekin kasallikning o‘rta og‘ir, og‘ir va o‘ta og‘ir darajasiga chalingan bemorlar bir oy va undan ko‘p muddat davomida davolanishmoqda. Bu – inson organizmiga tushgan virus yuklamasi, unga nisbatan organizmning javob reaksiyalariga ham bog‘liqdir.
Bugungi kunda virus tarqatuvchanligi, kasallik organizmda keltirib chiqaruvchi alomatlari, inson organizmining javob reaksiyasi, kasallik asoratlanishi va reabilitatsiya jarayoni bo‘yicha shifokorlar va olimlar doimiy ravishda izlanishlar olib bormoqda.
Bu esa yana bir bor kasallangan bemorlarning alohidalanishi, yaqinlari, farzandlari va ota-onalari bilan borish-kelishni kamaytirishlari, umuman, uydan tashqariga chiqishni cheklashlari kerakligini bildiradi», dedi u AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Tavsiya etamiz
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
Bank kartalardan 1 mlrd so‘mga yaqin pullarni o‘zlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jamiyat | 21:42 / 14.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Barselona» dunyoning eng qashshoq davlatidan 44 million yevro oladi
Sport | 23:49 / 16.07.2025
-
AQSh xavotirda: BRICS G‘arb gegemoniyasini yiqitadimi?
Jahon | 23:14 / 16.07.2025
-
Ko‘kdaladagi portlash, Qoraqalpog‘istonda anomal harorat va Mirobodda ushlangan podpolkovnik – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:06 / 16.07.2025
-
Germaniyani jahon chempioni qilgan murabbiy O‘zbekiston bilan ishlashi mumkin
Sport | 22:44 / 16.07.2025
Mavzuga oid

10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis

03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi

10:02 / 31.01.2023
JSST pandemiya tugaganini e’lon qilishiga ayrim hududlardagi vaziyat to‘sqinlik qilmoqda

23:06 / 16.01.2023