DXA abituriyentlar qaysi tumanlarda markazlar orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkinligini bildirdi
Respublikaning 8ta tumanida abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish DXMlarida amalga oshiriladi.
AOKA huzurida bo‘lib o‘tgan onlayn brifing chog‘ida Davlat xizmatlari agentligi matbuot kotibi Sevara Zokirova hujjatlarni onlayn topshirish imkoni yo‘qlar uchun Davlat xizmatlari markazida hujjat topshirish imkoniyati haqidagi savolga javob berdi.
Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020 yil 1-son bayoni bilan quyidagi 8ta tuman Davlat xizmatlari markazlari orqali muqobil ravishda 2020/2021-o‘quv yili qabulida oliy ta'lim muassasalariga kirish sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat berildi:
- Mo‘ynoq tumani DXM;
- Konimex tumani DXM;
- Tomdi tumani DXM;
- Uzun tumani DXM;
- Boysun tumani DXM;
- So‘x tumani DXM;
- Farg‘ona tumani DXM;
- Sardoba tumani DXM.
Eslatib o‘tamiz, 2020/2021 o‘quv yilida bakalavriat ta'lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilishda qolgan barcha hududlarda — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my gov uz) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) orqali amalga oshirish mumkin.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SpaceX Crew Dragon'ning XKSga startini so‘nggi daqiqada kechiktirdi
Jahon | 14:11
-
O‘zbekiston va Indoneziya dippasport egalarini viza talabidan ozod etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
O‘zbekiston | 14:09
-
G‘azoga zulm qilishda bardavom Isroil, Sudjani tark etgan ukrainlar va Trampdan Rossiyaga sanksiya va’dasi - kun dayjesti
Jahon | 13:46
-
London rossiyalik diplomat va diplomatning rafiqasini chiqarib yuboryapti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

14:56 / 31.12.2021
Bog‘chaga navbatga qo‘yish, xorijga chiqish uchun qo‘yilgan taqiqni aniqlash va yana uchta xizmatdan telefon orqali foydalanish mumkin

18:43 / 16.06.2021
OTMga qabul jarayoni 20 iyun kuni boshlanadi

16:37 / 01.06.2021
«Mehr-5» operatsiyasida O‘zbekistonga olib kelingan bolalarga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar berildi

13:17 / 11.05.2021