Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda Davlatobod tumani tiklanadi. Tuman innovatsion sitiga aylantirilishi aytildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 iyun kuni Namangandagi yig‘ilishda shahar tarkibida Davlatobod tumanini qayta tashkil etishni taklif qildi.

Kun.uz muxbiri Xalqaro press-klubning 28 iyun kungi sessiyasida qayta tiklanadigan Davlatobod tumani hududi haqida ma'lumot berishni so‘radi. Savolga Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Tolib Yusupov javob berdi.
«Bu masala bo‘yicha shahar hokimligi muhtaram prezidentimizni loyiha bilan tanishtirdi. Oldindan bilamizki, Namangan shahri tarkibida, Davlatobod tumani bo‘lgan. Nurobod dahasi hududida nohiya bo‘lgan.
Qayta tashkil etiladigan tuman xuddi shu bo‘ladi, faqatgina hozirda, bilasiz, Namangan tumanining ayrim qismlari shaharga o‘tdi. «Yuksalish» kichik sanoat zonasi ham Davlatobod tumaniga qo‘shiladi. Chegara doirasini belgilab oldik, kecha viloyat hokimligi va hukumat vakillari bilan kelishildi.
Hozirda ishchi guruh 28ta yo‘nalish bo‘yicha ish olib bormoqda. Alohida hokimlik bo‘lgandan keyin, har bir hokimlik tarkibida bo‘ladigan barcha tizimlar, bo‘limlar tashkil etiladi. Bu oson ish emas. Albatta, bizga 15 kun vaqt qo‘yildi.
Oldingi Davlatobod tumani bilan taqqoslaganda, yangi tashkil etilayotgan Davlatobod tumani tarkibida ishlab chiqarish obektlari va aholi soni ancha o‘sgan. Farqi katta bo‘ladi.
Nega bu masala qo‘yildi, sababi shahar hokimligi har bir mahalla, har bir oilani o‘rganish uchun amalda imkoni bo‘lmayapti. Shu sababli tezroq qamrab olish uchun, jinoyatchilikning oldini olish uchun, odamlarga yaxshi sharoit yaratish uchun, telekommunikatsiya masalalari o‘z vaqtida bo‘lishi uchun bitta kichik nohiya tashkil qilyapmiz.
Kelgusida yana bir tashabbus bor. Hozir viloyat hokimi tashabbusi bilan bilan smart-sitilar qilinyapti. Davlatobod tumanini haqiqiy bir innovatsion siti qilamiz, degan alohida rejalar bor», – dedi Tolib Yusupov.
Ma'lumot uchun, Namangan shahridagi Davlatobod tumani 2004 yilning 1 yanvaridan tugatilgan edi. Shu sanadan boshlab Buxoro shahridagi Fayzulla Xo‘jayev va To‘qimachi tumanlari, Navoiy shahridagi Karmana tumani, Samarqand shahridagi Siyob, Bog‘ishamol va Temir yo‘l tumanlari va Farg‘ona shahridagi Qirguli tumani ham tugatilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 iyun kuni Namangan shahrida o‘tgan yig‘ilishda viloyat aholisi ko‘payib borayotgani, bu esa hududni demografik boshqarish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda qiyinchilik tug‘dirayotgani sabab Davlatobod tumanini qayta tashkil etishni taklif qildi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Namangan shahrida rasman 630 ming kishi, amalda esa 800 mingdan ko‘proq aholi yashamoqda.
Shavkat Mirziyoyev o‘tgan oyda Toshkentning Sergeli tumanida Yangihayot nomli yangi kichik tuman tashkil etish tashabbusi bilan chiqqan edi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

14:24 / 14.07.2025
“Ular xalq xizmatiga qaytarilishi kerak” – SSV “qizamiq epidemiyasi” bo‘yicha qamalgan namanganlik vrachlar haqida

17:51 / 07.07.2025