Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi. Ikki yo‘lovchi omon qolgan
Pokistonda Pakistan International Airlines aviakompaniyasiga tegishli Airbus 320 rusumli yo‘lovchi samolyot halokatga uchradi. Layner Lohurdan Karachiga parvozni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Samolyot Karachidagi «Jinna» aeroporti yaqinida, qo‘nish vaqtidan bir daqiqa oldin aholi uylari ustiga qulab tushgan.

Mahalliy hukumat ma'lumotiga ko‘ra, shu vaqtgacha 37 kishining jasadi topilgan, ammo qurbonlar soni samolyot yo‘lovchilari hisobiga ham, samolyot qulagan turar joylarda yashaganlar hisobiga ham ortishi mumkin.
Shu bilan birgalikda, kamida ikki yo‘lovchi tirik qolgan. Ular kasalxonaga yotqizilgan, olingan jarohatlarning og‘irlik darajasi haqida xabar berilmagan. Ayni paytda halokat joyida qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Samolyot qulagan hududda yashovchi bir kishi ham kasalxonaga yotqizilgan.
Pokiston davlat kanallarida samolyot shaharning aholi uylari joylashgan qismiga qulayotgani tasvirlari namoyish etildi.
«Aerobus» s 91 passajirom ruxnul na jilyye doma v Pakistane. Vladeyushchaya im aviakompaniya podtverdila informatsiyu o krushenii, na meste rabotayut spasateli pic.twitter.com/gmLc7f0Dvk
— Lenta.ru (@lentaruofficial) May 22, 2020
Hodisa sababi hozircha ma'lum emas. Pakistan International Airlines rahbari, aviatsiya vitse-marshali Arshad Malik uchuvchi dispetcherlarga texnik nosozlik haqida xabar berganini ma'lum qildi.
«Samolyot Karachi hududiga qulagan. Biz yo‘lovchilar soniga aniqlik kiritishga harakat qilmoqdamiz», degan fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasining hududiy bo‘limi rahbari Abdul Sattor Kahhor. U samolyot Karachiga Lohurdan kelayotgan bo‘lganini ma'lum qilgan.
Bundan avvalroq samolyot bortida 107 kishi bo‘lgani xabar qilingandi, ammo keyin raqamlarga aniqlik kiritildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, bortda jami 99 kishi - 91 yo‘lovchi va ekipajning 8 a'zosi bo‘lgan.
Dunya News nashri uchuvchining dispetcher bilan so‘zlashuvi tafsilotlarini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, uchuvchi ikki dvigatel ishdan chiqqani haqida ma'lum qilgan, aloqa uzilgach uch marta signal bergan.
Pokiston bosh vaziri Imron Xon fojia bo‘yicha tekshiruvlar boshlanganini ma'lum qilgan.
Hukumat bir necha kun oldin aviaqatnovlar tiklanishiga ruxsat bergandi.
Halokat ro‘y bergan hududga qutqaruvchilar va armiya bo‘linmalari yo‘l olgan.
Bu Pokistonda so‘nggi yillardagi ilk aviahalokat emas. 2010 yilda Airblue aviakompaniyasi samolyoti Islomobod yaqinida halokatga uchrab, uning bortidagi 152 kishining barchasi halok bo‘lgandi.
2012 yilda Bhoja Air aviakompaniyasining Boing-737 samolyoti Ravalpindida qulab tushdi va 127 kishi halok bo‘ldi.
2016 yilda Pakistan International Airlines samolyoti parvozga chiqish arafasida yonib ketdi va 47 kishi halok bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti
Jamiyat | 11:57
-
🔴 LIVE: Trampning ultimatumi: real ogohlantirishmi yoki puch tahdid?
Jahon | 11:29
-
Mers Trampning Ukraina uchun qurol bo‘yicha tashabbusini olqishladi
Jahon | 11:09
-
Toshkent viloyatida sifatsiz benzin sotgan zapravkaga nisbatan chora ko‘rildi
Jamiyat | 11:06
Mavzuga oid

19:30 / 13.07.2025
Air India Boeing 787 halokati bo‘yicha dastlabki hisobotni e’lon qildi

10:56 / 12.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mudofaa sanoati sohasida hamkorlik o‘rnatyapti

09:48 / 09.07.2025
Karachidan Toshkent va Samarqandga kargo parvozlar yo‘lga qo‘yiladi

10:41 / 08.07.2025