Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karachidan Toshkent va Samarqandga kargo parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbariyati va mamlakat elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Karachi shahriga tashrifi doirasida ushbu mamlakatning TCS yirik transport-logistika va kurerlik kompaniyasi rahbari Xalid Avan bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
Muloqot davomida O‘zbekiston–Pokiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada jadallashtirish, o‘zaro eksport va import hajmini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
"O‘zbekiston rahbarining Markaziy va Janubiy Osiyoni qayta bog‘lash tashabbusi so‘nggi 10 yildagi strategik ahamiyatga ega yirik mintaqaviy voqelik hisoblanadi. Ikki mintaqa xalqlari manfaatiga yo‘naltirilgan loyihalarda ishtirok etish biz uchun faxr", – dedi Xalid Avan.
Shuningdek, suhbat chog‘ida Karachidan Toshkent va Samarqandga kargo parvozlarni yo‘lga qo‘yish dasturi ustida ishlanayotgani, ichki tashkiliy masalalar hal qilinishi bilan ushbu loyiha amaliyotga tatbiq etilishi ma’lum qilindi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va TCS transport-logistika va kurerlik kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
4 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:58
-
“Bir oyda ikki marta kelishi kerak, ikki oyda bir marta kelyapti” – joylarda chiqindi tashish qanday ishlamoqda?
O‘zbekiston | 18:57
-
Niderlandiya Isroilning genotsidga da’vat qiluvchi vazirlarini «qora ro‘yxat»ga kiritdi
Jahon | 18:45
Mavzuga oid

12:31 / 07.07.2025
Karachi va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

23:25 / 06.07.2025
Pokistonda 5 qavatli bino qulab tushdi. Qurbonlar bor

11:31 / 30.06.2025
Karachi portida O‘zbekiston tovarlari uchun maxsus ombor tashkil etiladi

12:56 / 25.02.2025