Karantindan qochgan shaxs ushlandi va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Parkent tumani IIB xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida karantinda bo‘lib turib, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay qochgan shaxs ushlandi va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Foto: KUN.UZ
Joriy yilning 19 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Samara shahridan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan poyezd yo‘lovchilari epidemik vaziyatdan kelib chiqib, o‘rnatilgan tartibda, Samarqand viloyatiga tashkil etilgan karantin markazlariga joylashtirilgan. Ammo Parkent tumanida yashovchi 1954 yilda tug‘ilgan fuqaro T. E. belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay karantindan qochgan. Hozirda ushbu shaxs o‘z uyida ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida izolyatsiyaga olingan.
Shuningdek, bu fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 257(1)-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shu o‘rinda fuqarolarga eslatib o‘tamiz. Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi.
“Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa 11 mln 150 ming so‘mdan 22 mln 300 ming so‘mgacha miqdorda jarima solish yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish odamning o‘limiga sabab bo‘lsa, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmish odamlarning o‘limiga sabab bo‘lsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi” – deyiladi Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin urushda «Rossiya uchun kerakli natija»ni ma’lum qildi
Jahon | 15:01
-
O‘zbekiston va Shvetsiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston | 14:58
-
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
Jahon | 14:57
-
Aviachiptalarning sun’iy taqchilligini keltirib chiqargan aviakompaniyalar javobgarlikka tortiladi
O‘zbekiston | 14:46
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

21:59 / 27.11.2022