O‘zbekistonda koloniya va turmalardan 50 metr masofada obektlar qurish taqiqlandi
Ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalaridan 50 metr masofada ma'muriy, maishiy, xo‘jalik bino va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishiga yo‘l qo‘yilmaydi

Foto: RIA Novosti
Hukumatning “Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini ta'minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi
Qaror bilan ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga muvofiq, jazoni ijro etish muassasalariga quyidagilar kiradi:
jazoni ijro etish koloniyalari, shu jumladan, davolash huquqi asosidagi;
tarbiya koloniyalari;
turmalar;
mahkumlar uchun ixtisoslashtirilgan kasalxonalar.
Hujjatda aytilishicha, ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalaridan 50 metr masofada ma'muriy, maishiy, xo‘jalik bino va inshootlari qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishiga, ular ijaraga berilishiga, shuningdek, balandligi 6 metrdan yuqori bo‘lgan bino va inshootlar qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, qaror bilan 2020–2024 yillarda jazoni ijro etish koloniyalarining yashash yotoqxonalarini kubrik tipidagi xonalarga o‘tkazgan holda ularni bosqichma-bosqich qurish va rekonstruksiya qilish dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturga ko‘ra, belgilangan yillarda 14 ta jazoni ijro etish koloniyasining jami 60 ta yashash yotoqxonalari kubrik tipidagi xonalarga o‘zgartirish yo‘li bilan rekonstruksiya qilinadi. 3 ta yangi bino quriladi.
Bundan tashqari, 2020 yilda ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazolarni ijro etish muassasalarini videokuzatuv moslamalari va shaxsiy videoregistratorlar (bodi-kameralar) bilan jihozlash hamda Probatsiya xizmati amaliyotiga elektron brasletlarni tatbiq etish dasturi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 18 ta jazoni ijro etish koloniyalarida 1 833 dona videokuzatuv moslamasi va 36 komplekt shaxsiy videoregistratorlar (bodi-kameralar) o‘rnatiladi.
Shuningdek, Probatsiya xizmati amaliyotiga joriy yilda 3 ming dona elektron braslet tatbiq etiladi. Ichki ishlar vazirligi obektlarni qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, zamonaviy texnik qo‘riqlash vositalari va videokuzatuv moslamalarini xarid qilish bo‘yicha buyurtmachi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Afsonaviy Alanyaga borish endi oson: Toshkent–Alanya yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yildi
Jamiyat | 20:42
-
Zelenskiy Ukrainaning Ottava konvensiyasidan chiqishni ma’qulladi
Jahon | 20:09
-
Britaniyada salkam 100 mln funtlik kokain partiyasi musodara qilindi
Jahon | 19:19
-
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti
Jahon | 18:43
Mavzuga oid

14:49 / 24.06.2025
Birlamchi tibbiy yordam muassasalari uchun tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi tasdiqlandi

14:35 / 24.06.2025
Tog‘li va cho‘l hududlarda turizm subsidiyalar bilan qo‘llab-quvvatlanadi

13:14 / 24.06.2025
Milliy malaka tizimini tartibga solish bo‘yicha ayrim hujjatlar tasdiqlandi

11:12 / 19.06.2025