Kalitning o‘t oldirish joyida qoldirilishi yana bir avtomashina olib qochilishiga sabab bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti
2019 yil 22 dekabr kuni taxminan soat 02:55larda 35 yoshli Sh.H. Jizzax shahri bo‘yicha IIO FMBga ariza bilan murojaat qilgan, deb xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.
U shu kuni soat 23:00larda o‘zining “Lasetti” rusumli avtomashinasini yashash uyi oldida kaliti o‘t oldirish joyiga tiqilgan holatda qoldirganligini, taxminan soat 02:50larda shovqin ovozini eshitib tashqariga chiqib qaragan vaqtida, noma'lum shaxs avtomashina eshik oynasini sindirib, ichida qoldirgan kalit bilan avtomashinani o‘t oldirib, noma'lum tomonga haydab ketganini ko‘rganligini ma'lum qilib, avtomashina topishda va ushbu shaxsni aniqlab, unga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni 18 yoshli X.J. va 19 yoshli B.R. sodir etganligi aniqlanib, ulardan avtomashina kaliti hujjatlashtirib olingan. X.J. va B.R.ga nisbatan JKning 267-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan ayblov e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kurskda Rossiya harbiy-dengiz floti bosh qo‘mondoni o‘rinbosari halok bo‘ldi
Jahon | 16:00
-
NYT: AQSh yangi sanksiyalarining yo‘qligi eskilari ta’sirini pasaytiryapti
Jahon | 15:55
-
Qoraqalpog‘istonda yirik turizm zonasi quriladi
O‘zbekiston | 15:45
-
YeI 2040 yilga borib CO2 tashlamalarini 90 foizga qisqartiradi
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

18:45 / 30.06.2025
Jizzaxda «er kerak» reklama tadbirini uyushtirgan qizlar jarimaga tortildi

19:41 / 10.06.2025
Zominda sel tufayli avtomobil yo‘li yopilib qoldi

10:40 / 07.06.2025
Xorazm va Jizzaxda sifatsiz benzinni sotuvga chiqargan zapravkalar aniqlandi

14:42 / 03.06.2025