Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda odamlarni kutilmagan usulda chuv tushirgan “metallolom”chi Kun.uz surishtiruvidan so‘ng qo‘lga olindi
OLX platformasidagi e’lonlar orqali eski og‘ir vaznli transport vositalarini nasiyaga sotib olib, metallolomga pullab yuborgan Shohrux Abdunazarov ushlandi. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Foto: Kun.uz
Turli viloyatlarda yashovchi ko‘plab insonlarni chuv tushirib ketgan jizzaxlik Shohrux Abdunazarov qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz’ga Jizzax viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 1999 yilda tug‘ilgan Shohrux Abdunazarov 2025 yil 2 iyun kuni ichki ishlar tergov bo‘limi xodimlari tomonidan ushlanib, qamoqqa olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kun.uz oldinroq Shohrux Abdunazarovning firibgarlik sxemasi haqida surishtiruv e’lon qilgandi. 26 yoshli yigit OLX platformasi orqali eski og‘ir vaznli transport vositalarini topib, oldindan 5-10 mln so‘m bergan holda nasiyaga sotib olgan. So‘ngra ularni metallolomga topshirib, pullab yuborgan. Surishtiruvdan so‘ng ham Kun.uz’ga Shohrux Abdunazarovdan jabrlangan ko‘plab fuqarolar murojaat qildi.
Jizzax viloyati IIB matbuot kotibi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, Shohrux Abdunazarovga nisbatan joriy yil 2 may kuni jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini, uni majburiy keltirish choralari ko‘rilayotganini, agar bu samara bermasa sirtdan qamoqqa olish chorasi ko‘rilib, qidiruv e’lon qilinishini ma’lum qilgandi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

16:35 / 11.07.2025
Jizzaxda hakerlar fuqaroning bankka qo‘ygan katta miqdordagi omonatini o‘g‘irladi

19:58 / 07.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida islohotlar natijadorligi bo‘yicha hisobot bilan tanishdi

18:45 / 30.06.2025
Jizzaxda «er kerak» reklama tadbirini uyushtirgan qizlar jarimaga tortildi

19:41 / 10.06.2025