Devordagi Ramos, DPS va juda ko‘p «Neksiya» - «tramvaylar shahri» Krasnodarga fotosayohat

Foto: KUN.UZ
Kun.uz Rossiya safari davomida mamlakat janubida joylashgan Krasnodar shahrida ham bo‘ldi. Krasnodarga yarim kunga borib kelish imkoni bo‘ldi xolos. U yerda janubiy Rossiya derbisi bo‘lgan «Krasnodar» — «Rostov» o‘yinini ko‘rish uchun bordik. O‘yin 3 noyabr kuni o‘tkazildi. Bizning Toshkentga samolyotimiz 4 noyabr kuni Rostovdan uchgani bois o‘yin tugashi bilan ortga qaytishimiz kerak edi. Shu bois bir necha soat davomida olgan suratlarimizni e'tiboringizga havola qilamiz.
Rostovdan Krasnodargacha poyezdda 3,5 soatda yetib bordik. Ikki kishining Rostovdan Krasnodarga borib-kelishi taxminan 50 AQSh dollariga tushdi. Darvoqe, qaytishda Minskka ketayotgan Belorusiya poyezdiga chiqib ko‘plab sarguzashtlarni boshdan o‘tkazishga ham ulgurdik. Rostov va Krasnodar shaharlari o‘rtasidagi farq vokzaldayoq bilinishini aytish mumkin. Rostovdagi vokzal juda chiroyli va qulay, ammo Krasnodar vokzali haqida bunday deb bo‘lmaydi. Balki Krasnodarda jahon chempionati o‘yinlari o‘tkazilmagani bunga sababdir.
Krasnodarga yetib borish bilan e'tiborni tortadigan narsa u yerdagi tramvaylar bo‘ldi. Bejizga Krasnodarni «tramvaylar shahri» deb atamadik. Chindan bu shaharda tramvay juda ko‘p. Ularning ko‘pi eski modeldagi vagonlar ekani kishida o‘tmishga tushib qolgandek taassurot uyg‘otadi. Tramvay yuradigan ko‘chalarga tosh terib chiqilgani ularni yanada ekzotik qilib ko‘rsatadi.
Krasnodarda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mashinalar juda ko‘pligini ko‘rdik. Ayniqsa «Neksiya». Turgan gapki bu shaharda o‘zbekistonliklar ham ko‘p. «Krasnodar» stadioniga yaqinlashgan sari shahar ham zamonaviylashib, go‘zallashib bordi. Stadion esa shaharning eng ko‘rkam binosi desak, xato bo‘lmaydi. Kolizeyni eslatib yuboradigan bu stadion haqida maxsus reportaj qilgan bo‘lsak-da, uning chiroyli ekanini yana bir bor takrorlasak, zarar qilmas.
Krasnodardan tayyorlangan galereyani e'tiboringizga havola qilamiz.
Muhammadjon G‘aniyev olgan suratlar.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

21:00 / 24.05.2025
«Krasnodar» tarixda birinchi marta Rossiya chempioni bo‘ldi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025