Inomjon Majidov hududlarda kadrlar yetishmovchiligi muammosiga izoh berdi

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri Inomjon Majidov 30 oktabr kuni Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida vazirlikning joriy yil 9 oyidagi faoliyati yuzasidan hisobot berdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Majidovga ko‘ra, oliy ta'lim muassasalariga kvotalarning 30 foizi davlat buyurtmasi ─ grant hisoblanadi. Grant asosida tahsil olgan bitiruvchilar 3 yil davomida o‘z sohasida faoliyat yuritish majburiyatini olishi belgilangan. Ammo, shunga qaramay, hududlarda kadrlar yetishmovchiligi kuzatilmoqda.
«Biz grant asosida tahsil olgan bitiruvchilarni shu soha mutaxassisiga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududga yuborishimiz mumkin. Ammo uning yashashi uchun sharoit yaratishni bo‘ynimizga ololmaymiz. Bu – ish beruvchi bilan bog‘liq masala. Turar joyi, ishga qatnaydigan masofasi, yashash sharoiti olayotgan oyligiga nomutanosib bo‘lsa, kadrlarning ham u yerda qolgisi kelmaydi.
Bu masala bilan mahalliy hokimliklar shug‘ullanishi kerak. Idoraviy uylardan yosh mutaxassislarga joy ajratilsa, sharoit qilib berilsa, balki u o‘sha yerda qolib ishlashi mumkin», ─ deydi Inomjon Majidov.
Vazirning qo‘shimcha qilishicha, har yili Iqtisodiyot vazirligi tomonidan hududlarda qaysi soha xodimlariga qancha ehtiyoj borligi o‘rganiladi, shundan kelib chiqqan holda OTMlar uchun kvota belgilanadi. Ammo mavjud ehtiyojning barchasini qoplaydigan darajada kvota ochish imkonsiz.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqan senator Shohida Oripovaning ta'kidlashicha, hududlarda kadrlar taqsimoti bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligida chuqur tahlilning yo‘qligi bois kadrlar yetishmovchiligi bilan bir vaqtda bitiruvchilarning ishsiz qolishi ham kuzatilmoqda.
«Nafaqat oliy ta'lim muassasalari, o‘rta ta'limda ham qanchalab mutaxassis tayyorlanadi. Bir tomonda kadr yetishmayapti, bir tomonda qanchalab hamshira, pedagog ishsiz qolgan. Bularning hammasi chuqur tahlilning yo‘qligi bilan bog‘liq», ─ deydi senator.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Senatning ayni shu qo‘mitasi majlisida so‘z olgan Mehnat vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov yosh shifokorlarga qishloqlarda tekin uy-joy berishni taklif qilgan edi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Niderlandiya Qrim tatarlarining deportatsiyasini genotsid deb tan oldi
Jahon | 10:25
-
XMT: Haitida 1,3 mlnga yaqin kishi to‘dalar zo‘ravonligi tufayli uyini tark etdi
Jahon | 10:23
-
2025-2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul boshlandi
O‘zbekiston | 10:17
-
Yevroittifoq Bolgariyani yevrohududga qabul qilishni tavsiya etdi
Jahon | 10:14
Mavzuga oid

18:01 / 23.04.2025
Ta’lim tili o‘zbek tili bo‘lmagan sinf bitiruvchilari ham davlat tilidan imtihon topshiradi

18:00 / 01.04.2025
Maktab vazirligi 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilardan pasportni o‘z vaqtida olishni so‘radi

10:51 / 30.11.2024
Andijonda bitiruvchilar dars hisobidan 3 kunlik armiyaga yuborilmoqda, MMTV buni oqlamasligini bildirdi

09:42 / 26.05.2024