Hollivudning eng katta ta'sirga ega kishisi ma'lum qilindi
AQShda Hollivudning ko‘ngilochish yo‘nalishidagi eng katta ta'sirga ega kishilarining 2019 yilgi reytingi taqdim qilindi.

Bu haqda The Hollywood Reporter nashri xabar berdi.
Reytingga ko‘ra, Disney kompaniyasining bosh direktori va prezidenti Robert Ayger Hollivudda eng katta ta'sirga ega kishi deb topilgan. Bunga esa kinokompaniyaning 2019 yilda 8 mlrd dollar ishlab topgani o‘z hissasini qo‘shgan.
2-o‘rinni ikki kishi - Netflix striming platformasining bosh direktori va bosh kontent-direktori Rid Xastings va Ted Sarandos egallagan. Yetakchi uchtalikdan NBCUniversal kompaniyasi boshqaruvchilari Brayn Robers va Stiv Burke o‘rin olgan.
Shuningdek, reytingga Marvel Studios’ning kreativ prodyuseri Kevin Faygi ham kiritilgan (5-o‘rin).
Mediasohadagi eng taniqli insonlardan biri bo‘lgan boshlovchi Opra Uinfri 15-o‘rinni, aktrisa Riz Uizerspun 37-o‘rinni va aktyor Leonardo Di Kaprio 47-o‘rinni egallagan.
Reytingning yetakchi 50taligining so‘nggi o‘rnidan AQShning sobiq prezidenti Barak Obama va uning rafiqasi Mishel Obama joy olgan. Ular Netflix uchun Ohayo shtatidagi sanoat haqida hujjatli film ishlashganidan keyin reytingga birinchi marta tushishgan.
Shuningdek, Hollivudning mashhur vakillaridan Bred Pitt 54-o‘rinni, Skarlett Yoxansson 65-o‘rinni va Uill Smit 81-o‘rinni egallagan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00 / 27.06.2025
-
Putin G‘arb davlatlari iqtisodiyoti haqida: «Tez orada yo‘q bo‘lib ketadi»
Jahon | 09:34
-
Vladimir Putin: Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro ortda qoldi
Jahon | 08:40
-
Hindiston ShHT qo‘shma deklaratsiyasini imzolashdan bosh tortdi
Jahon | 08:21
Mavzuga oid

23:36 / 10.04.2025
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi

22:45 / 25.04.2024
Nyu-York sudi Harvi Vaynshteynga nisbatan chiqarilgan hukmni bekor qildi

08:50 / 12.04.2024
Sobiq sportchi va Hollivud aktyori O Jyey Simpson vafot etdi

12:07 / 10.11.2023