Jahon | 09:34 / 28.06.2025
15899
2 daqiqa o‘qiladi

Putin G‘arb davlatlari iqtisodiyoti haqida: «Tez orada yo‘q bo‘lib ketadi»

«Ular bizni doim dafn etishadi. Tez orada o‘zi o‘ladi», dedi Rossiya prezidenti Rossiya va G‘arb davlatlarining iqtisodlari haqida gapirar ekan.

Foto: picture alliance

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arb iqtisodlarining yaqin orada qulashini bashorat qildi. «G‘arb davlatlarida nima bo‘lyapti? Ular bizni doim dafn etishadi. Tez orada o‘zi o‘ladi», dedi u 27 iyun, juma kuni Minskdagi Yevrosiyo iqtisodiy forumida.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiya yalpi ichki mahsuloti 4,3 foizga o‘sgan bo‘lsa, Yevrohududda bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 0,9 foizni tashkil etgan, Yevropaning yetakchi iqtisodlari, xususan, Germaniya «tanazzul yoqasida muvozanatni saqlamoqda». Shu bilan birga, Rossiya prezidenti joriy yilda Rossiya iqtisodiyotining o‘sishi «anchagina oddiyroq» bo‘lishini ta’kidladi, bu esa «inflatsiyaga qarshi kurash» bilan izohlanadi.

Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalari, xususan, Rossiya nefti narxini pasaytirish chora-tadbirlariga kelsak, ular «ushbu sanksiyalarni joriy qilganlar»ning ahvolini yanada yomonlashtiradi, xolos», dedi Putin.

Ayni paytda, Yevropa Ittifoqi davlatlari Moskvaga qarshi 18-jazo choralari paketini qabul qilishga tayyorlanmoqda. Ayrim yevropalik siyosatchilar, xususan, Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bo‘lajak sanksiyalarni «ehtimol, 2022 yildan beri eng keng qamrovli» deb atadi.

«Rossiya iqtisodi prezident Putin uch yildan beri olib borayotgan mustamlakachilik urushidan tobora ko‘proq azob chekmoqda, bu urush Rossiya resurslarini quritmoqda. Bu resurslar bugun muhokama qilinayotgan yangi sanksiyalar paketi bilan yanada yomonlashadi», — dedi Barro.

Biroq 26 iyun kuni bo‘lib o‘tgan so‘nggi sammitda Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketi Vengriya va Slovakiya pozitsiyasi tufayli qabul qilinmadi.

Mavzuga oid