Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Trampning bojlariga javoban Hollivud filmlari importini qisqartiradi
Xitoyda umumiy kassa yig‘imlarining atigi 5 foizini Hollivud filmlari tashkil etadi. So‘nggi yillarda xitoylik tomoshabinlarning G‘arb kartinalariga qiziqishi pasayib ketgan.

Foto: Reuters
XXR kinematografiya ishlari bo‘yicha milliy boshqarmasi AQSh prezidenti Donald Trampning Xitoy mahsulotlariga joriy qilgan bojlariga javoban Hollivud filmlari importini cheklashini ma’lum qildi, deb yozmoqda Reuters.
«Biz bozor qoidalariga bo‘ysunib, auditoriya tanlovini hurmat qilamiz va Amerika filmlari importi sonini sezilarli darajada qisqartiramiz», — deyiladi boshqarma bayonotida.
Qayd etilishicha, Xitoyda umumiy kassa yig‘imlarining atigi 5 foizini Hollivud filmlari tashkil etadi. Hollivud studiyalari esa XXRda o‘z filmlaridan tushgan kassa daromadlarining faqat 25 foizini olmoqda. Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda xitoylik tomoshabinlarning G‘arb filmlariga qiziqishi mahalliy ko‘ngilochar madaniyatning rivojlanishi fonida pasayib ketgan. 2020 yildan beri mahalliy filmlar yillik kassa yig‘imlarining qariyb 80 foizini barqaror ravishda olib kelmoqda, garchi ilgari bu ko‘rsatkich 60 foizni tashkil etgan bo‘lsa-da.
Xitoyda 1995 yildan beri xorij kartinalari prokatiga kvota mavjud — ularning soni yiliga 10 tadan oshmasligi kerak. Keyinroq ular 34 tagacha oshirilgan.
Xitoy 10 apreldan AQShdan import qilinadigan tovarlarga tarif stavkasini 34 foizdan 84 foizgacha oshirdi. Bu Vashingtonning Xitoy tovarlariga bojlarni 104 foizgacha oshirishiga javob bo‘ldi. AQSh prezidenti Donald Tramp esa XXR mahsulotlariga bojlarni 125 foizgacha oshirib, Pekinni jahon bozorlariga nisbatan «hurmatsizlik»da aybladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil boshidan buyon sodir etilgan jinoyatlarning 42 foizini kiberjinoyatlar tashkil qildi
O‘zbekiston | 20:51
-
XAEA rahbari Eronning yadro dasturini yo‘q qilib bo‘lmasligini aytdi
Jahon | 20:48
-
UzTest’da katta o‘g‘irlik: Germaniyadan olib kelingan uskuna tag-tugi bilan yo‘qoldi
O‘zbekiston | 20:45
-
Xalqaro jinoiy sud «Tolibon» rahbarlarini hibsga olishga order berdi
Jahon | 20:36
Mavzuga oid

14:57 / 07.07.2025
Tojikiston «Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temir yo‘li loyihasiga qo‘shilmoqchi

18:52 / 06.07.2025
Xitoy YeIdan tibbiy uskunalar importiga cheklov joriy etdi

21:57 / 04.07.2025
Xitoy Yevropa brendlariga antidemping bojlarini joriy etdi

11:50 / 04.07.2025