Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamandagi ikkita teraktda 49 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP
Yaman hukumatining muvaqqat poytaxti Adanda harbiy parad ishtirokchilarining raketa zarbasiga tutilishi va politsiya bo‘limi oldida avtomobil portlatilishi oqibatida 49 kishi halok bo‘ldi, 48 kishi yaralandi. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Muhammad Rabizga iqtibos keltirgan holda “Frans Press” axborot agentligi xabar berdi.
Biroq Rabiz tinch aholi orasidan qancha kishi halok bo‘lgani va yaralanganiga aniqlik kiritmagan.
Yaman xavfsizlik idoralaridagi manbaning Al-Arabiya telekanaliga xabar berishicha, parad o‘tayotgan joyga raketa zarbasi berilgan. Portlash vaqtida brigada generali Munir Yafiy halok bo‘lgan.
Raketa zarbasi bilan bir vaqtda politsiya bo‘limi yonida terrorchi-xudkush portlovchi modda bilan to‘ldirilgan avtomobilni portlatgan. Bu hujum oqibatida 20 politsiyachi halok bo‘lgan.
Ta'kidlanishicha, hujumlarni husiylar amalga oshirgan. Ular noma'lum turdagi ballistik raketa bilan zarba bergan. Muxolif telekanal Almasirah’ning husiylar vakiliga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, parad “Tays va Daleya shaharlariga hujum qilishga tayyorgarlik ko‘rish” munosabati bilan tashkillashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

13:55 / 07.07.2025
Isroil hujumlarga javoban Yamandagi husiychilar obektlariga zarba berdi

14:08 / 22.06.2025
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh kemalariga hujumlar uyushtirish niyatida

23:13 / 10.06.2025
Trampning tug‘ilgan kunida Vashingtonda harbiy parad bo‘lib o‘tadi

15:41 / 15.05.2025