Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning tug‘ilgan kunida Vashingtonda harbiy parad bo‘lib o‘tadi
AQShda bundan oldin 1946 va 1991 yillarda harbiy paradlar o‘tkazilgan. Joriy yilgi parad xarajatlari 25-40 mln dollarga baholanmoqda.

Foto: AFP/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining tug‘ilgan kuni munosabati bilan Vashingtonda harbiy parad tashkil etadi, deb yozmoqda The Washington Post.
2017 yilda ham Tramp Vashingtonda harbiy parad o‘tkazish taklifini bildirgan edi. O‘shanda armiya generallaridan biri «diktatorlar shunday qiladi», deya javob qaytargan. AQShda shahar bo‘ylab harbiy texnikalarning bayramoni yurishi — kamdan-kam kuzatiladi. Ammo joriy yilda parad 14 iyun kuni Vashingtonda o‘tkaziladi.
Shu haftadan tanklar, piyodalarning jangovar mashinalari va og‘ir artilleriyalar ortilgan poyezdlar Merilend shtatiga yetib kelishni boshlagan. Shundan so‘ng, ular avtovozlarda Vashingtonga yo‘l oladi. Qayd etilishicha, 1,5 soatlik parad uchun poytaxt ko‘chalarning bir qismi to‘rt kunga yopiladi. Umumiy hisobda tadbirda 150 ta texnika, jumladan, 25 taga yaqin M1 Abrams, 6600 askar, vertolyotlar va 50 ta samolyot ishtirok etadi.
Parad AQSh armiyasining 250 yilligiga bag‘ishlangan bo‘lib, u Donald Tramp 79 yoshini nishonlaydigan sanaga to‘g‘ri keladi. Tramp birinchi prezidentlik muddati davrida Parijga tashrifidan keyin parad o‘tkazish istagini bildirganida, u ko‘plab xarajatlar tufayli rad etilgandi. Bloombergʼning ta’kidlashicha, bundan tashqari, Amerika jamiyati Rossiya, KXDR, Xitoy kabi diktator va avtoritar rejimlarga xos bunday paradlarga o‘rganmagan. AQShda harbiy parad 1946 yili Nyu-Yorkda, 1991 yili esa Vashingtonda o‘tkazilgan. Birinchisiga Ikkinchi jahon urushidagi g‘alaba, ikkinchisiga esa Yamandagi operatsiya yakunlangani sabab bo‘lgan.
Joriy yilgi parad xarajatlari 25-40 million dollarga baholanmoqda (bunda shahar rasmiylarining ko‘chalarni yopish, xavfsizlikni ta’minlash va undan keyingi tozalash uchun ketadigan xarajatlari inobatga olinmagan). Mudofaa vazirligining quruqlikdagi kuchlariga mas’ul bo‘lgan Deniel Driskollning fikricha, parad jangovar ruhni va armiyada shartnoma bo‘yicha xizmat qilish istagida bo‘lganlar sonini oshirishga ko‘maklashadi.
Shu bilan birga, prezident ma’muriyati Faxriylar ishlari bo‘yicha vazirlikning 83 ming nafargacha xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirgan.
Parad Trampning migratsiya siyosatiga qarshi ommaviy namoyishlar o‘tkazayotgan Los-Anjyeles aholisiga qarshi harbiy kuch qo‘llash to‘g‘risidagi qarori fonida bo‘lib o‘tadi. Tramp Los-Anjyelesga Milliy gvardiyaning 2 ming askarini, keyin esa 700 nafar dengiz piyodalarini yuborgan.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

23:54 / 14.07.2025
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin

21:01 / 14.07.2025
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:02 / 14.07.2025
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi

19:14 / 14.07.2025