Yo‘nalishli taksilar faoliyati qanday tartibga solinadi?

Foto: RIA Novosti
Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Yo‘nalishli taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasini joylashtirildi. Loyihada yo‘nalishli taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash va 2020 yil 1 yanvardan amaliyotga tatbiq qilish ko‘zda tutilgan.
Nizom loyihasiga muvofiq yagona tanish belgilari 2 guruh — ichki va tashqiga bo‘linishi mumkin:
«Yo‘nalishli taksilarni ichki ma'lumotlar bilan jihozlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
— avtotransport vositasining davlat raqami belgisi haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va fotosurati, ish vaqtining boshlanishi va tugashi, yo‘lkira qiymati (so‘mlarda), yo‘lovchi tashuvchining manzili va telefon raqami, litsenziya kartochkasining raqami va amal qilish muddati, shuningdek majburiy sug‘urta qilinganlik haqidagi ma'lumot ko‘rsatilgan tablichka.
Tablichka esa avtotransport vositasining yo‘lovchilar bemalol o‘qiy oladigan joyiga o‘rnatiladi.
Yo‘nalishli taksilarni tashqi ma'lumotlar bilan jihozlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi yuridik shaxs – yo‘lovchi tashuvchining nomi;
b) yo‘nalishli taksilar uchun mo‘ljallangan maxsus seriyadagi avtotransport vositasining davlat raqami belgisi» , — deyilgan hujjat loyihasida.
Ushbu qaror loyihasiga bir qator vazirliklar mas'ul etib belgilash, jumladan qaror loyihasida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga:
2020 yil 1 yanvardan boshlab yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, tashqi va ichki ma'lumotlarga ega bo‘lmagan yo‘nalishli taksilarga litsenziyalar berilishini taqiqlash va bir oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning talablari va topshiriqlarini amalda bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklatilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
— yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yo‘nalishli taksilarga berish uchun I tip – ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarining maxsus «YT...» seriyasini ajratishi belgilangan.
Haydovchiga qo‘yiladigan talablar
«Yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan yo‘nalishli taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida:
— yengil turdagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun “V” ruxsat belgisi bo‘lgan;
— avtobus, mikroavtobus turidagi avtotransport vositalarini boshqarish uchun “D” ruxsat belgisi bo‘lgan;
— 21 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi.
Mazkur Nizom haydovchilari yo‘lovchilarni yo‘nalishli tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan avtotransport vositalarining (yo‘nalishsiz taksilar, avtobus va xorijiy mehmonlar (turistlar)ni tashiydigan avtotransport vositalardan tashqari) barcha turlariga tatbiq etilishi ko‘zda tutilmoqda.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00 / 21.05.2025
-
AQSh davlat kotibi Rossiya prezidentini harbiy jinoyatchi deb atashdan bosh tortdi
Jahon | 01:12
-
«AQSh bilan savdo nizolarini tezroq hal qilishimiz kerak» - G7 yig‘ilishidagi so‘nggi ma’lumotlar
Jahon | 00:45
-
Britaniyaliklar Everestni yangi usulda zabt etdi
Jahon | 23:43 / 21.05.2025
Mavzuga oid

18:11 / 02.04.2025
Toshkentda minivenlarda o‘zini o‘zi band qiluvchi tarzida taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi

19:45 / 04.03.2025
Taksichilarning daromadlari hisob-kitobi noldan boshlanadi

23:33 / 01.03.2025
Toshkentda taksida chaqaloq tug‘ildi

09:47 / 15.01.2025