Toshkentda minivenlarda o‘zini o‘zi band qiluvchi tarzida taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat beriladi
Shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lning "A" belgisi bilan ajratilgan bo‘lagida harakatlanishga ruxsat berilmoqda.

Illyustrativ foto
«Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilarga quyidagi huquqlar beriladi:
- yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan, aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtash;
- aeroportlar, temiryo‘l vokzallari, avtovokzallar, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pulli to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirish;
- yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanish.
Bundan tashqari, 2025 yil 15 apreldan 2026 yil yakunigacha eksperiment tariqasida Toshkent shahrida turlari Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan, haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq va 8 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga hamda yuqori qulayliklarga ega avtotransport vositalarida (mikroavtobus) o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi.
Bunda o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilarga litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji BHM 3 barobari (hozirda 1 mln 125 ming so‘m) miqdorida undiriladi.
Mavzuga oid

11:27 / 27.06.2025
“Mahalla servis” kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi

15:45 / 26.06.2025
XVJ O‘zbekistonda «soliq yuki»ni kengaytirishni taklif qildi. Iqtisodchi berilgan tavsiyalarni keskin tanqid qildi

19:11 / 23.06.2025
Buyuk Britaniyada «Robin Hud» solig‘ini joriy etish taklif qilindi

17:10 / 15.06.2025