Ko‘rish qobiliyati va to‘g‘ri ovqatlanish bir-biriga bog‘liqmi?

Foto: Depositphotos
Ishxona yoki uyda uzoq vaqt kompyuter qarshisida bo‘lish ko‘rish qobiliyatini sezilarli darajada pasaytiradi. Biz ko‘zoynak sotib olishga to‘g‘ri kelmaguncha bu jarayonni payqamaymiz. Hech kim ko‘rish qobiliyati muammolari kelib chiqishidan himoyalangan emas, ammo buning oldini olish yoki sekinlashtirish yo‘llari mavjud.
To‘g‘ri ovqatlanish tarkibida organizm o‘z vazifasini yetarli darajada bajarishi uchun kerakli bo‘lgan vitamin, mineral va energetik qiymatga ega taomlarni iste'mol qilishni nazarda tutadi. Aynan ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun har kuni qaysi mahsulotlarni tanovul qilish lozimligini birgalikda ko‘rib chiqamiz.
Ko‘rishni yaxshilaydigan mahsulotlar
Agar organizm barcha oziq moddalarni qabul qilsa, undagi immunitet mustahkam va turli kasalliklarga chidamli bo‘ladi, jumladan ko‘rish qobiliyatiga aloqadorlariga ham. Kunlik ovqat ratsionimizda quyidagilar bo‘lishi lozim:
1. Tvorog. Tarkibida V2 va V12 vitaminlari borligi sababli, nafaqat soch va tirnoqlar, balki ko‘z ichidagi moddalar almashinuv jarayonlari uchun ham koni foyda.
2. Qovoq. Karotin, lyutein va zeaksantin ko‘z to‘r pardasini mustahkamlaydi. Bu moddalar sabzi tarkibida, shuningdek barcha apelsin tusidagi mahsulotlarda uchraydi. Yaqindan ko‘rishda (miopiya) qovoqni doimiy ravishda tanovul qilish tavsiya etiladi. Qo‘shimcha qiladigan bo‘lsak, u organizmning toksinlardan xalos bo‘lishida ham o‘z hissasini qo‘shadi.
3. Qorag‘at. Ko‘z bilan muammolarga birinchi marta duch kelish bilan qorag‘atdan yordam olish mumkin. Tarkibidagi S vitamini qon aylanishini yaxshilaydi va ko‘z olmasidagi tomirlarni tozalaydi. Qorag‘at bilan birgalikda, olcha, gilos, na'matak va o‘rik ham foydali.
4. Baliq. Baliq yog‘lari inson qarishi davomida yuzaga keladigan patologiyalar rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Muguz pardasini namlantirishda qatnashadi va bu ko‘rishning tiniqligida o‘ta muhim. «Quruq ko‘z sindromi»ning tez-tez uchrab turuvchi sababi ham muguz pardasida namlik yetishmasligidir.
5. Shokolad. Aynan achchiq shokolad ko‘z bosimini tushirishda xizmat qiladi. Ko‘z bosimi oshishi glaukoma kelib chiqishining asosiy omilidir.
Muntazam ravishda ko‘z mashqlarini bajarishni unutmang, axir kompleks yondashuv samara miqdorini bir necha baravar oshiradi.
Tavsiya etamiz
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 28.06.2025
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ozarboyjon Rossiyani ikki ozarboyjonlikni o‘ldirganlikda aybladi va tergov talab qildi
Jahon | 23:45 / 28.06.2025
-
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi
Jamiyat | 23:10 / 28.06.2025
-
Isroil Eronni jilovlash bo‘yicha yanada keskin siyosat boshlanganini e’lon qildi
Jahon | 23:02 / 28.06.2025
-
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 23:00 / 28.06.2025
Mavzuga oid

09:32 / 26.04.2025
Shifokor gazli ichimlik suyaklar va qon tomirlari uchun zararli ekanini aytdi

18:36 / 08.06.2024
O‘zbekiston bolalar to‘yib ovqatlanmaydigan davlatlar ro‘yxatiga kiritildi

19:14 / 21.02.2024
Sovqotmaslik uchun to‘g‘ri ovqatlanish qoidalari ma’lum qilindi

21:47 / 04.10.2023