Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Deputatlardan ayb qidirish muammoni hal qiladimi?» - Rasul Kusherbayev Adliya vazirligiga javob qaytardi

Foto: KUN.UZ
Kuni kecha “Munosabat” teleko‘rsatuvida kunning yorug‘ vaqtida barcha avtomototransport vositalari chiroqlarini yoqib harakatlanishi belgilangan hukumat qarori bo‘yicha muhokama o‘tkazildi.
Shundan so‘ng, Adliya vazirligi yagona davlat huquqiy siyosatini olib boruvchi organ sifatida muhokamada bildirilgan qonunchilik tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan fikrlarga izoh berib, 2016 yilda Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasi aslida deputatlarning tashabbusi bo‘lganini bildirdi. Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev Facebook’dagi sahifasida bu borada post qoldirdi.
“Adliya vazirligining avtomobillarda kunduz kuni chiroqlarni majburiy yoqib yurishga e'tiroz bildirgan deputatlar bo‘yicha munosabatini ko‘rib bir latifa esga tushib ketdi: birovning bog‘iga o‘g‘irlikka tushayotgan afandi daraxtga chiqib mevalarini xaltasiga solayotsa, uy egasi kelib afandining kavushidan tortadi:
- Nega meni bog‘imdan o‘g‘irlik qilyapsan?
Afandi esa ustomonlik bilan:
- Nega unda o‘zing xotiningga kavush olib bermaysan? – deydi.
Mavzuga qaytsak. Aslida gap Adliya vazirligi masalani boshqa tarafga burib yuborishga harakat qilgan – 2016 yilda yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha ishlab chiqilgan qonun loyihasida emas, balki serquyosh O‘zbekistonda kunduz kuni avtomobil chiroqlarini majburiy yoqib yurishni bekor qilish haqida.
Buni hamma ko‘rib bilib turibdi. Mayli Adliya vazirligi asosiy mavzudan chalg‘ituvchi bu ishni deputatlar qo‘yarda qo‘ymay tashabbus qilib chiqishgan, deyishmoqda. Buni astoydil, mehnat qilib, chuqur o‘rganib aniqlashibdi. Shunday bo‘la qolsin. Biroq bunday tashabbus qanday bo‘lganligi ko‘rga ham ma'lum. Keyin o‘sha qonun loyihasida gap faqatgina yo‘lovchi va yuk tashuvchi, mototransport vositalarining kunduz kuni chiroqlarini yoqib yurmaganligi uchun jarima haqida ketgan. Hozir esa o‘sha qonun bahona hamma haydovchilar shunday qoidabuzarlik uchun jarimaga tortilmoqda.
Adliya vazirligi bu o‘rinda fuqarolarimizning e'tirozlarini eshitish o‘rniga nimaiki yomonlik, odamlarning e'tiroziga sabab bo‘lgan hujjatlar bo‘lsa deputatlarni aybdor qilish bilan shug‘ullanmoqda. Shu adolatdanmi? Adliya vazirligi oppoq: barcha qonun hujjatlari bo‘yicha ekspertizalar a'lo darajada o‘tkazilib, hech bir hujjatda ma'lum guruh va shaxslarning monopoliyasiga yo‘l qo‘yish, nodavlat tashkilotlariga tadbirkor va fermerlarni majburiy a'zolikka kiritish, davlat tilidan boshqa tilda hujjatlar qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaganmi? Aholini arzon uy-joy olishi uchun hukumat belgilangan tartiblarni qo‘llashda qonunbuzilishini ko‘rib turib esa ko‘z yumish holatlari ham bo‘lmagan shekilli? Bu bizga ma'lum natijalar xolos.
Adliya vazirligining bu munosabatini minglab yurtdoshlarimiz tomonidan e'tiroz bildirilgan masalaga vijdonan yondashib, yo‘l harakati qoidalariga kiritilgan asossiz o‘zgartirishni oddiy aytganda “xalqning buyurtmasi”ga ko‘ra bekor qilish haqida fikr bildirayotgan deputatlarga nisbatan jamoatchilikda salbiy fikr paydo qilishga bo‘lgan urinish, degan xulosaga kelish mumkin. Xuddi shunday: bu masalada odamlarning ishonch va e'tiborini qozonayotgan, ularning qo‘lloviga erishayotgan deputatlarni xuddi shu odamlar oldida obro‘sizlantirish, kulgiga qo‘yish va ixlosini qaytarishdan bo‘lak ish emas. Bu Adliya vazirligiga nima uchun kerak bo‘lib qoldi?
Barcha mas'ullar, shu jumladan deputatlar va vazirliklar ham avvalo xalq oldida mas'ul va hisobdordir. Xalqning xohish irodasi faoliyatimizning asosiy mezoni. Deputat sifatida biz shunday hisoblaymiz. Xalq e'tiroziga sabab bo‘layotgan muammolarni barchamiz bir-birimizni qo‘llab-quvvatlab hal etishimiz kerak. Afsuski bugun biz va biz orqali yuz minglab yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashiga umid qilganlar qatorida bir jamoaning yo‘q ekanligiga ishonch hosil qildik. Noiloj, bu yo‘lda ularsiz bo‘lsa ham oxirigacha davom etamiz”, - deb yozadi deputat.
Bundan oldin, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdurashid Abduqodirov kunduzi chiroq yoqib yurish va jarimalar bo‘yicha qonunchilikdagi “o‘yin” haqida gapirgandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

19:14 / 11.07.2025
Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi

13:18 / 28.06.2025
Rossiyada yangi «chet el agentlari»: komik, rep ijrochi va «Memorial» yuristi

15:50 / 24.06.2025
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

23:01 / 20.04.2025