Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ravon avtomobillarini Rossiyaga yetkazib berish tiklanadi

Foto: drive2.ru
«O‘zavtosanoat» kompaniyasi rahbariyati Ravon avtomobillarini Rossiya avtobozoriga yetkazib berish davom ettirilishi haqida xabar berdi. O‘zbekiston mashina modellari o‘tgan yilning mayidan boshlab yetkazib berilmayotgandi, bunga narxlarni qayta ko‘rib chiqish va konsern biznes siyosatidagi o‘zgarishlar sabab sifatida ko‘rsatilgan, deb xabar qilmoqda actualnews.org.
«O‘zavtosanoat» o‘tgan yili Ravon avtomobillarini nafaqat Rossiyaga, balki boshqa xorijiy bozorlarga ham yetkazib berishni to‘xtatdi. Endilikda kompaniya avvaldan tark etishga majbur bo‘lgan barcha hududlarda sotuvlarni tiklamoqda.
Bu yil Ravon avtomobillari ayrim tashqi bozorlarda biroz oshgan qiymat bilan paydo bo‘ldi. Kompaniya narx o‘zgarishi tovar savdosi darajasiga qanday ta'sir qilganini tushunish uchun bir muncha vaqt davomida mijozlar kayfiyatini kuzatish niyatida. Rossiyalik avtodilerlarning ta'kidlashicha, O‘zbekistondan avtomobillar yetkazib berilganmi yoki bu Qozog‘istonda yig‘ilgan mashina komplektlarimi, bu borada hozircha vaziyat tushunarsiz.
2017 yilda Kostanaydagi avtozavod Ravon R3 sedanlarini yig‘ishga kirishdi, 2018 yilning birinchi yarmida qariyb 400 mashina chiqarildi. 2019 yil arafasida ularning taxminan yarmi Rossiyada sotuvga chiqarishga mo‘ljallanganligi ma'lum bo‘ldi.
Rossiyaliklar 2017 yilda 4,58 mingta Ravon avtomobillarini sotib olishdi. Kompaniyaning aylanmasi 2,07 mlrd rublni tashkil etgan (30,5 mln. AQSh dollari).
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

11:21 / 23.05.2025
4 oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi

14:54 / 12.05.2025