Trampni «qora oqqush» deb atashdi

Foto: AP
Nyu-Yorkdagi CITIZEN konferensiyasi vaqtida Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Donald Trampning kuyovi va maslahatchisi Jared Kushner AQSh prezidentini «qora oqqush», deb atadi. Bu haqda CNN telekanali xabar qilmoqda.
Kushner bunday fikrni undan Respublikachilar partiyasi oraliq saylovlarda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, Trampga bu qanday ta'sir qilishi haqida so‘rashganida aytib o‘tdi.
«U qora oqqush. U butun umri davomida qora oqqush bo‘lib keldi», - deya javob bergan Kushner.
Telekanaldan eslatishlaricha, ushbu atama muallifi amerikalik matematik va treyder Nassim Nikolya Tolib sanaladi. U hech qanday taxminlarga bo‘ysunmaydigan va boshqalarning taxmin qilish mumkin bo‘lgan narsalar haqidagi fikrini o‘zgartiradigan kishilarni «qora oqqush», deb atagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp AQShga kelayotgan migrantlarga chaqiriq bilan chiqqandi.
Mavzuga oid

14:58 / 13.03.2025
AQShda oqqush gavjum shossega yugurib chiqib, avtomobillar harakatini deyarli to‘xtatib qo‘ydi (video)

18:34 / 11.02.2025
“Deportatsiya noinsoniy ruhda kechyapti, amerikaliklar ham shokda” – Nyu Yorkdagi yurist bilan suhbat

15:23 / 04.02.2025
Trampning yangi bojlaridan hamma, xususan AQShning o‘zi ham yutqazadi - ekspertlar

02:48 / 06.11.2024