Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda oqqush gavjum shossega yugurib chiqib, avtomobillar harakatini deyarli to‘xtatib qo‘ydi (video)
Qushni tutish uchun bir nechta politsiya xodimi ovora bo‘lgan.

Foto: Orlando Police Department
Floridada gavjum avtomobil yo‘liga yugurib chiqib, transportlar harakatni deyarli butunlay to‘xtatib qo‘ygan oqqush qutqarildi. Voqea joyidan olingan kadrlarni mahalliy Wesh telekanali e’lon qildi.
Orlando politsiyasi xodimlariga yo‘lga yugurib chiqqan oqqush haqidagi xabarlar kelib tushgan. Ular hodisa joyiga yetib kelishgach, qushni tutishga uringan, ammo bu oson kechmagan.
Kuzatuv kameralaridan olingan tasvirlarda bir nechta politsiyachi qutqaruvchilardan epchillik bilan qochayotgan oqqushni quvlayotgani ko‘rinadi. Shu bilan birga, quvlash paytida barcha yo‘l chiziqlari to‘silgani sababli, atrofdagi yo‘nalishlarda transport harakati deyarli to‘xtab qolgan.
Oxir-oqibat oqqushni tutib, katta choyshabga o‘rashdi. Qush yaqin atrofdagi ko‘lda yashashi taxmin qilinmoqda. Oqqushlar bo‘yicha mutaxassisning aytishicha, hozir oqqushlarning juftlashish mavsumi bo‘lgani uchun, qush “avtomagistralga osongina uchib kirgan bo‘lishi mumkin”.
Ushbu voqea oqibatida tan jarohati olganlar yoki baxtsiz hodisalar qayd etilmagan.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
-
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi
Iqtisodiyot | 13:59
-
Turkiyada zilzila, Tel-Avivda miting va kelishuvdan norozi Eron - kun dayjesti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

09:41 / 26.02.2024
Toshkentda «Orlando» avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi

14:46 / 02.12.2019
IIV va Bosh prokuratura Qizil kitobga kiritilgan oqqushni o‘ldirgan shaxsni qidirmoqda

08:04 / 23.10.2018
Trampni «qora oqqush» deb atashdi

10:35 / 12.06.2018