Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2018-2019 yillarda Namangan viloyatining Norin tumani yanada rivojlantiriladi

Foto: namangan.uz
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2018-2019 yillarda Namangan viloyatining Norin tumanini ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan respublika ishchi guruhi tomonidan mahallalarni uyma-uy aylanib chiqish, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish obektlariga tashrif buyurish orqali Namangan viloyatining Norin tumanida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar kompleks o‘rganib chiqilgani, shuningdek, Prezidentning 2018 yil 2-3 may kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlarning ijrosi;
Namangan viloyatining Norin tumanida ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilishini kompleks o‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla, tuman va viloyat darajasida hal etishni talab etadigan tizimli muammolar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan mintaqaviy “Yo‘l xarita”lari ishlab chiqilganligi va tasdiqlanganligi ma'lumot uchun qabul qilinishi mumkin.
2018-2019 yillarda Namangan viloyatining Norin tumanida kafolatli ish o‘rinlari tashkil etish hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish loyihalarining manzilli manzilli ro‘yxati tasdiqlanishi mumkin.
Namangan viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari loyihalarning tashabbuskorlari bilan hamkorlikda tasdiqlangan manzilli ro‘yxat parametrlari so‘zsiz bajarilishini ta'minlaydi va bu borada investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, ishlab chiqarishning mo‘ljallangan hajmlariga erishish va yangi ish o‘rinlari tashkil etilishini nazarda tutadi;
muammoli masalalarni muntazam ravishda ko‘rib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor va amaliy zarur chora-tadbirlarni amalga oshirgan holda, loyihalar bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga Namangan viloyati hokimligi va xizmat ko‘rsatuvchi banklari bilan kelishgan holda, loyihaning qiymatini va ish o‘rinlari sonini saqlab qolish sharti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatiga, zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
“O‘zbaliqsanoat” Assotsiatsiyasi Namangan viloyat hokimligi bilan birgalikda hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va xo‘jalik birlashmalari Norin daryosi bo‘yida umumiy 60 gektar yer maydonda 2018-2019 yillarda baliqchilik fermer xo‘jaliklari tashkil etish bo‘yicha loyihalarini tashkil etadi.
Namangan viloyati hokimligi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda:
“Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘inida 2,2 ming m2da joylashgan bino va inshootlardan foydalangan holda “Yoshlar mehnat guzari” majmuasi va “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazini tashkil etish;
Davlat-xususiy sherikchiligi asosida yuqorida obektlarni qurish uchun bir oy muddatda investorlarni jalb etish va 2018 yil yakuniga qadar foydalanishga topshirish;
“Yoshlar mehnat guzari” majmuasida savdo-maishiy va kichik ishlab chiqarish maydonlarini tashkil etish, “Yosh tadbirkorlar” kovorking-markazida yosh tadbirkorlarga imtiyozli shartlar asosida joy va ofis jihozlarini ijaraga berish, internet tizimiga ulanish, shuningdek, yoshlarning biznes tashabbuslari, startaplari, fikr va loyihalarini amalga oshirishda, shu jumladan, biznes-rejalarni tuzish, maslahat berish, huquqiy, buxgalteriya va boshqa turdagi xizmatlarni ko‘rsatishda hamda forumlar, seminarlar va master-klasslar o‘tkazishida amaliy yordam ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Namangan viloyat hokimligi, O‘zbekiston musulmonlar idorasining har chorakda ma'naviyat va ma'rifat oyligi tadbirlarini 2018 yilning sentabr oyidan boshlab o‘tkazish taklifi ma'qullanishi mumkin.
Namangan viloyat hokimligi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi bilan hamkorlikda bir oy muddatda ma'naviyat va ma'rifat oyligi chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Bunda:
huquqiy madaniyatni oshirish, jamoatchilik orasida qonunchilik buzilishini va jinoyatchilikni oldini olish;
yoshlar o‘rtasida erta oila qurish va ajralishlar muammolari yuzasidan oilalar va jamoatchilik o‘rtasida tashviqot ishlarini olib borish;
sport va jismoniy madaniyat orqali sog‘lom hayot tartibi jamoatchilik o‘rtasida keng miqyosda targ‘ibot qilish;
yoshlar o‘rtasida “guruhbozlik”ka salbiy munosabatni shakllantirish, keksalarga, o‘zidan kichiklarga, milliy an'analarga nisbatan hurmatda bo‘lish ruhida tarbiyalash, yoshlarni yot g‘oyalardan, dushmanlik fikrlaridan himoyalash, o‘tmishdagi avlodlarimizning milliy an'analarga hurmat va g‘urur kayfiyatlarini uyg‘otish tashkillashtiradi.
Namangan viloyati va Norin tumani hokimliklarini hududdagi “Haqulobod masjidi”dan unumli foydalanilmaganligi va tashlandiq holatga kelib qolganligi ta'kidlangan.
Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Namangan viloyat hokimligi ishchi guruhi shakllantiradi va quyidagilarni amalga oshiradi.
“Haqulobod masjidi” obektini qarovsiz holatiga olib kelgan sabab va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish hamda aybdor va kamchilikka yo‘l qo‘ygan mas'ul shaxslarni aniqlab, tegishli choralar ko‘radi;
Namangan viloyati hududida joylashgan madaniy va arxeologik meros obektlarni holatini har tomonlama o‘rganib chiqib, samarali foydalanish va himoya qilishni ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasiga tegishli taklif kiritadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

11:57 / 15.07.2025
“Mehnatlarim havoga uchyapti” - To‘raqo‘rg‘onda bog‘ yaratgan tadbirkorning yeri olib qo‘yilyapti

14:34 / 14.07.2025
Toshkent va Namanganda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi

14:24 / 14.07.2025
“Ular xalq xizmatiga qaytarilishi kerak” – SSV “qizamiq epidemiyasi” bo‘yicha qamalgan namanganlik vrachlar haqida

17:51 / 07.07.2025