Samarqanddagi “Saxovat” uyi ayanchli ahvolda ekanligi ma'lum bo‘ldi
Samarqand shahridagi “Saxovat” internat uyida 131 nafar keksalar va nogironligi bo‘lgan kishilar yashab kelmoqda. Samarqand viloyat hokimi muassasa faoliyati bilan tanishar ekan, bu yerda olib borilayotgan ishlar mutlaqo qoniqarsiz ekanligini aytdi.
Obodonlashtirish ishlari o‘z holiga tashlab qo‘yilgan, atrof qarovsiz. Lift ishlamaydi, yotoqxonalar dimiqqan, yuvinish xonalari tozalik talablariga javob bermaydi, hojatxonadagi antisanitariya holatini ta'riflashga til ojiz. Muolaja xonasida muzlatgich yo‘qligi sababli dorilar qoidaga zid ravishda saqlanmoqda.
Muassasa bosh hamshirasi Dilfuza Avulovaning aytishicha, mablag‘ kam bo‘lganligi sababli sharoitlar yaratilmagan. U rahbariyatga bu holat haqida aytilgani va talabnomalar berilganini aytdi.
Muassasa direktori Tolib Saidovning fikricha, bu yerdagi kamchiliklarga ayrim xodimlarning e'tiborsizligi sabab bo‘lgan.
Muassasa faoliyatini tekshirish jarayonida bu yerda katta miqdorda moliyaviy kamomadlar borligi aniqlandi. Muassasa direktori Tolib Saidov egallab turgan lavozimidan bo‘shatildi.
Viloyat hokimi mavjud muammolarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan mutasaddi shaxslarga topshiriq berdi.
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
YeChL. «Real» «Atletiko»dan penaltilar seriyasida ustun keldi, «Arsenal» va «Aston Villa» ham chorakfinalda
Sport | 03:54
-
Putin Ukraina Qurolli kuchlari hujumidan beri birinchi marta Kursk oblastiga bordi
Jahon | 03:16
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Fransiya investitsiya kengashini ta’sis etishni taklif qildi
Jahon | 00:29
-
Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:17
Mavzuga oid

13:24 / 28.11.2024
“Samarqandni odamlar shahriga aylantirishimiz kerak, hozir mashina-shaharga aylangan” - Turdimov

21:39 / 27.11.2024
Samarqandda tramvayning 3-yo‘nalishi ochilishi mumkin

11:25 / 29.09.2024
Samarqandda beshta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

11:14 / 24.09.2024